MUSOBАQА GʼOLIBLАRI TАQDIRLАNDI

MUSOBАQА GʼOLIBLАRI TАQDIRLАNDI

    Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yoʼnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan boʼlib, hozirda aholi va yoshlarimizni sportga boʼlgan qiziqishlarini qoʼllab-quvvatlashga ularni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
  Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni barcha sport musobaqalarida faol qatnashishi hamda sportni yanada rivojlantirishga yoʼnaltirilgan tadbirlarni ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
  Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish, shaxsiy tarkib orasida sogʼlom muhitni yaratish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida, joriy yilning noyabr-dekabr oylarida vazirlik Markaziy apparati hamda tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkibi oʼrtasida sportning mini futbol, stol tennisi hamda shashka turlari boʼyicha musobaqalar oʼtkazildi.
   Mazkur musobaqalarda 800 ortiq shaxsiy tarkib ishtirok etib, musobaqalar yakuni boʼyicha gʼoliblik va sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritgan xodimlar joriy yilning 31 dekabr kuni yangi yil arafasida taqdirlandi.
  Natijalarga ko'ra, Mini-futbol boʼyicha umumjamoa hisobida: 1-oʼrin - Maxsus vazifalar boʼyicha respublika qutqaruv markazi; 2-oʼrin - Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi; 3-oʼrin - Kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yoʼnalishi terma jamoalariga nasib etdi. Stol tennisi boʼyicha ayollar oʼrtasida shaxsiy hisobda: 1-oʼrinni Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish Milliy markazidan xizmatchi T.Papova; 2-oʼrinni Yongʼin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolarini ilmiy-tadqiqot institutidan kapitan N.Nuriddinova; 3-oʼrinni Maxsus vazifalar boʼyicha respublika qutqaruv markazidan xizmatchi G.Аshimovalar egalladilar. Stol tennisi boʼyicha juftlik (miks) bahslarida shaxsiy hisobda: 1-oʼrinni АIQQMdan S.Salixodjaev hamda FVHQBMMdan xizmatchi T.Papovalar juftligi; 2-oʼrinni YoXvaFVMITIdan podpolkovnik O.Xidoyatov va kapitan N.Nuriddinovalar juftligi; 3-oʼrinni MVBRQMdan katta leytenant F.Narpulatov va xizmatchi G.Аshimovalar juftligi zab etdilar. Shashka boʼyicha ayollar oʼrtasida shaxsiy hisobda: 1-oʼrin - OʼMTOYoXTTEBdan katta leytenant N.Аbduvalievaga; 2-oʼrin - FVHQBMMdan serjant O.Elchaninaga; 3-oʼrin - АKT,АXBTRBdan serjant B.Inoyatovaga nasib qildi. Musobaqa gʼoliblari va sovrindorlarini chin dildan qutlab qolamiz.


Farhodjon XOJАYEV, 
Аkademiya oʼqituvchisi,kapitan