YONG‘IN XAVFSIZLIGI INSTITUTIDA «YONG‘INLAR BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI ANIQLASH VA TERGOV QILISHDA NAZARIY VA AMALIY BILIMLARDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI О‘TKAZILDI

YONG‘IN XAVFSIZLIGI INSTITUTIDA «YONG‘INLAR BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI ANIQLASH VA TERGOV QILISHDA NAZARIY VA AMALIY BILIMLARDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI О‘TKAZILDI

   Joriy yilning 25 sentabr kuni О‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi institutida «Yong‘inlar bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda nazariy va amaliy bilimlardan foydalanish muammolari» mavzusidagi davra suhbati о‘tkazildi.

    Tadbirda О‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi «Dastlabki tergov va kriminalistika» kafedrasi katta о‘qituvchisi, podpolkovnik Azamat Tajiyev, О‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti katta tergovchisi, mayor Otabek Bozorov, Toshkent davlat yuridik universiteti «Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi» kafedrasi о‘qituvchisi Abdumurad Xakberdiyev, Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Yong‘in-texnik laboratoriya mudiri Yakub Rustemov, О‘zbekiston Respublikasi FFV YOXBB katta muxandisi, mayor Muxiddin Saidov hamda Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti professor-о‘qituvchilari, Yong‘in xavfsizligi instituti professor-о‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.

    Ushbu davra suhbatini о‘tkazishdan maqsad – Respublikamizda sodir bо‘layotgan yong‘inlar bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni nazariy va amaliy bilimlardan foydalanish orqali yechimini topish hamda yong‘inlar bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlashda davlat yong‘in nazorati organlarining ichki ishlar organlaridagi surushtiruv va tergov xizmatlari bilan о‘zaro hamkorliklarini yanada mustahkamlashdan iborat.

     Davra suhbatini Yong‘in xavfsizligi instituti «Kasbiy boshqaruv va huquq» kafedrasi boshlig‘i polkovnik Kenes Tulteyev ochib, о‘z nutqida avvalgi qonunchilimizda О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 38-moddasining 5-qismiga asosan, Davlat yong‘in nazorati organlari – yong‘inlarga doir va yong‘inga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar bо‘yicha surishtiruv organlari hisoblanganishi, hozirgi paytda esa Davlat yong‘in nazorati organlarida har bir sodir bо‘lgan yong‘in bо‘yicha mufassal tergovga qadar tekshiruv ishlari olib boriladi, tekshiruvning asosiy maqsadi, yong‘in chiqish sababini, aybdor shaxslarni va jinoiy harakatning bor-yо‘qligini, sabab va asoslarni aniqlashdan iborat ekanligini, tergovga qadar tekshiruvni о‘tkazishning iqtisoslashgan Davlat yong‘in nazorati organi xodimi yong‘in bо‘yicha uning sabab va sharoitlarini о‘rganib, agarda jinoyat alomatlari mavjud bо‘lgan taqdirda materiallarni tegishli tergov organiga yuborilishi, bu holatda albatta xodim jinoyat-protsessual qonunchiligiga qat’iy amal qilishi lozimligini alohida ta’kidladi.

     Tadbir davomida sо‘zga chiqqanlar, о‘z ma’ruzalarida Yong‘inlar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda nazariy va amaliy bilimlardan foydalanish muammolari, yong‘inlar bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish taktikasi, о‘t qо‘yish orqali mulkni qasddan nobud qilish bilan bog‘liq yong‘inlar tadqiqoti hamda yong‘in bilan bog‘liq jinoyat ishlarini tergov qilishda ish holatidan kelib chiqqan holda sud yong‘in–texnikaviy, sudga oid kimyoviy, sud qurilish-texnikaviy, sud-tovarshunoslik, portlash texnikasi ekspertizalari, shuningdek, ish holatidan kelib chiqib, boshqa turdagi ekpertizalar tayinlanishi borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar.

    Tadbir sо‘ngida qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

ALLAYAR AXMEDOV, 
Yong‘in xavfsizligi instituti 
katta о‘qituvchisi, mayor