POYTAXTDA “MEN G‘OLIB” SHIORI OSTIDA MARAFON BO‘LIB O‘TDI: VAZIRLIK AKADEMIYASI VAKILLARI SOVRINDORLAR QATORIDA

POYTAXTDA “MEN G‘OLIB” SHIORI OSTIDA MARAFON BO‘LIB O‘TDI: VAZIRLIK AKADEMIYASI VAKILLARI SOVRINDORLAR QATORIDA

    Joriy yolning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamkorligida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu marafonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham munosib ishtirok etdi.
     Marafon ishtirokchilari poytaxtning markaziy ko‘chalari bo‘ylab 10 killometr masofani bosib o‘tishlari kerak bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, harbiy bilim yurtlari yo‘nalishi bo‘yicha FVV akademiyasi jamoasi 3 o‘ringa munosib deb topildi. Tadbir so‘nggida FVV akademiyasi kursantlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Akademiya Matbuot xizmati