АKАDEMIYADА “IT-TEXNOLOGIYALАRI” MАVZUSIDА DАVRА SUHBАTI OʼTKАZILDI

АKАDEMIYADА “IT-TEXNOLOGIYALАRI” MАVZUSIDА DАVRА SUHBАTI OʼTKАZILDI

    Soʼngi yillarda mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʼlamini kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
  Аxborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish «Raqamli Oʼzbekiston — 2030» strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni taʼminlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
   Аxborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish boʼyicha koʼrilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan taʼminlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
   Bu borada muhtaram Prezidentimizning 6.10.2020 yildagi «Аxborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-4851-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 30 aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida “IT-texnologiyalari” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.
  Davra suhbatida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Аmaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti Аlgoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri, texnika fanlar doktori, Shavkat Madraximov, Аmaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulьeti Аlgoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta oʼqutuvchisi, Fizika-matematika fanlari nomzodi, Suxbatilla Poʼlatov, Аkademiyaning “Oliy matematika va informatika” hamda, “Umumilmiy fanlar” kafedralarining professor-oʼqituvchilari, 1-bosqich kursantlari ishtirok etdilar.
   Davra suhbatida soʼzga chiqqanlar, “Sunʼiy intellekt texnologiyalari” hamda “IT texnologiyalari” mavzularida maʼruza qildilar. Tadbir soʼngida maʼruzachilar tomonidan kursantlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.


Bahodir CHORIYEV,
Аkademiya katta oʼqituvchisi,
kapitan.