АKАDEMIYADА “HАRBIY XIZMАTNI OʼTАSH TАRTIBIGА QАRSHI JINOYATLАR VА JАVOBGАRLIK MАSАLАLАRI MАVZUSIDА”GI TАDBIR OʼTKАZILDI

АKАDEMIYADА “HАRBIY XIZMАTNI OʼTАSH TАRTIBIGА QАRSHI JINOYATLАR VА JАVOBGАRLIK MАSАLАLАRI MАVZUSIDА”GI TАDBIR OʼTKАZILDI

    Joriy yilning 19 may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida Аkademiyaning harbiy xizmatchilari va kursantlarini huquqiy savodxonligini yanada oshirishga qaratilgan “Harbiy xizmatni oʼtash tartibiga qarshi jinoyatlar va javobgarlik masalalari” mavzusidagi huquqiy targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
  Tadbirda, Аkademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirok etdi. Tadbirda soʼzga chiqqan, Аkademiyaning Bosh yurist-konsulьti adliya katta leytenanti Oybek Parpiev tomonidan, 2021 yilning 21 aprel kuni qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartishlar kiritish toʼgʼrisida”gi OʼRQ-683-son Qonunining mazmun mohiyati, Jinoyat kodeksining 7-boʼlimi “Xarbiy xizmatni oʼtish tartibiga qarshi jinoyatlar” nomli boʼlimi va kodeks maxsus qismining xarbiy xizmatchilar xizmatdan tashqari vaqtda duch kelishi mumkin boʼlgan moddalar yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
   Tadbir soʼngida mavzu yuzasidan harbiy xizmatchilar va kursantlarni qiziqtirgan savollariga maʼruzachi tomonidan atroflicha javoblar berildi.


Аkademiya Matbuot xizmati