BILIMGA CHANQOQ ISTE’DODLI YOSHLARNI TOPIB, ULARNI VATANGA FIDOYI INSON QILIB TARBIYALASH FAVQULODDA VAZIYARLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASINING ASOSIY VA MUQADDAS VAZIFADIR

BILIMGA CHANQOQ ISTE’DODLI YOSHLARNI TOPIB, ULARNI VATANGA FIDOYI INSON QILIB TARBIYALASH FAVQULODDA VAZIYARLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASINING ASOSIY VA MUQADDAS VAZIFADIR


    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasi 1993 yil 11 avgust kuni Yong’in xavfsizligi oliy texnik maktabi sifatida tashkil topgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-sonli Farmoni asosida ushbu ta’lim dargoh Yong’in xavfsizligi institutga o’zgartirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish hamda yong’in xavfsizligini ta`minlashning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish to’g’risida”gi PF-5706-sonli Farmoni asosida 2020 yil 1 yanvardan O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasi tashkil etilgan.

    Respublikaning barcha jabhalarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, aholining xavfsizligini ta’minlash, moddiy boyliklarni asrash yo’lida yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlaydigan Respublikadagi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

QABUL JARAYONI

    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasiga o’qishga qabul jarayoni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3-iyun kunidagi “O’zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 141-sonli Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining amaldagi me’yoriy buyruqlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

     O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasiga o’qishga kirishni istagan fuqaro yoshlarning hujjatlari Mudofaa ishlar boshqarmalari, tuman, shahar va harbiy qismlar tomonidan jamlanadi. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasiga o’rta yoki o’rta-maxsus ma’lumotga ega, akademik litsey va kollejlarning bitiruvchi sinf va kurslarida tahsil olayotgan, ma’naviy va axloqiy fazilatlariga, psixologik xususiyatlariga, umumjismoniy va umumta’lim tayyorgarligiga hamda sog’ligining holatiga ko’ra, Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasida o’qish uchun, shuningdek, keyinchalik Qurolli Kuchlar tizimida harbiy xizmatni o’tashga loyiq deb topilgan hamda tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar. O’qishga qabul qilinuvchi 17-23 yoshgacha bo’lgan, shu jumladan o’qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to’ladigan bo’lgan fuqaro yoshlar hamda 18-25 yoshgacha bo’lgan shu jumladan o’qishga qabul qilingan yili 18 yoshga to’ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo’lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar. 170 santimetrdan past bo’lmasligi lozim. Hujjatlari to’liq rasmiylashtirilgan fuqaro yoshlarni o’qishga tanlash tadbirlari iyun oyida Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasida quyidagi tartibda o’tkazildai: 1.Psixofiziologik o’rganish; 2.Tibbiy ko’rikdan o’tkazish; 3.Yozma ish (diktant); 4.Kompyuter texnikasi va axborot kommuni-katsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish; 5.Yakka tartibdagi yakuniy suhbat. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida psixofiziologik o’rganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari bo’yicha nomzodni Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlarini topshirishga qo’yish to’g’risida uzil-kesil qaror qabul qilinadi. Qabul imtihonlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan majburiy blokda – ona tili (o’zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, o’zbeliston tarixi fanidan hamda mutaxassislik bo’yicha – matematika, kimyo fanlaridan test sinovlari o’tkaziladi.

    O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o’tagan va oliy harbiy ta’lim muassasasiga o’qishga imtiyozli kirish uchun harbiy qism (muassasa) qo’mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo’lgan fuqarolar, “Ilg’or serjant” nominatsiyasida Respublika turining g’oliblari bo’lgan serjantlar, “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari bitiruvchilari, xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari, xalqaro va respublika olimpiadalari g’oliblari belgilangan tartibda imtiyozga ega bo’ladilar. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi bakalavriyat yo’nalishiga oliy ma’lumotli shaxslar qabul qilinmaydilar.

O’QUV JARAYONI

    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasida “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik" mutaxassisligi bo’yicha bakalavriyat ta`lim yo’nalishida oliy ma’lumotli ofitser kadrlar tayyorlanadi. O’qish muddati 4 yil. O’qishga qabul qilinganlar o’qish jarayonida bepul mavsumiy kiyim-bosh, oziq-ovqat hamda stipendiya bilan ta’minlanadilar. Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasida o’quv jarayoni o’qitishning eng zamonaviy texnik jihozlari bilan ta’minlangan bo’lib, o’quv-laboratoriya binolari, tibbiyot xizmati va maishiy xizmat, ma’naviyat hamda ma’rifat markazi va shunga o’xshash obyektlar kursantlarning bilim olishlari va shug’ullanishlari uchun doimo shay holatda.

    Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasida olib borilayotgan o’quv mashg’ulotlarining amaliy idoralar tajribalari bilan uyg’unlashtirilishi, kursantlarning Toshkent shahrida sodir bo’layotgan favqulodda holatlarni oldini olish va bartaraf etishga jalb etilishi yo’lga qo’yilgan. Kursantlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lab olib borish ustuvor vazifalardan biri ekanligini inobatga olgan holda, Akademiyada muntazam ravishda amaliyot xodimlari bilan uchrashuvlar, davra-suhbatlari uyushtiriladi.

    Favqulodda vaziyarlar vazirligi Akademiyasi yurt va Vatan sha’nini har narsadan ustun qo’yadigan, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi, hayotini muhofaza qilish uchun sidqidildan xizmat qiladigan xavf xatardan cho’chimaydigan o’tyurak mutaxassislarni tayyorlaydi.