Ilmiy tadqiqot va tahririy-nashriyot faoliyatini tashkillashtirish bo‘limi

Ilmiy tadqiqot va tahririy-nashriyot faoliyatini tashkillashtirish bo‘limi

Doschanov Mavlonbek Rajabbaevich – bo‘lim boshlig‘i, kapitan

BO‘LIM YO‘NALISHI

Bo‘limning maqsadi – Institutda yong‘in xavfsizligi va texnosfera xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan fundamental, amaliy hamda innovatsion ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va novatorlik g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti faoliyatini hamda yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish ishlarini faol tashkillashtirish iborat.

BO‘LIMNING VAZIFALARI:

ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI YO‘NALISHIDA:

Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari yillik rejasini shakllantirish va uning ijrosini ta’minlashni tashkillashtirish;

  • Institutning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi faoliyatining asosiy maqsadini amalga oshirish;
  • Institutning istiqbolli amaliy va innovatsion tadqiqotlar dasturlari va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish, ijrosini tashkillashtirish hamda muvofiqlashtirish;
  • Institutning fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar dasturlari va yo‘l xaritalarini ijroga qaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy apparatining tegishli tuzilmalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi, Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, Fan va texnologiyalar agentligi hamda boshqa daxldor tashkilotlar bilan yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlikni tashkillashtirish;
  • Institut qoshidagi «Yosh olimlar kengashi» faoliyatini tashkillashtirish va uning samaradorligini monitoring qilib borish;
  • Kafedralar va bo‘limlar qoshidagi iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garaklari faoliyatini tashkil etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish va ularning hisobini yuritish;
  • Institutda ilmiy konferensiya, seminar, simpozium va davra suhbatlarini tashkillashtirish;
  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim doirasida Institut doktorantlari, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish va amaliy yordam berish, shuningdek, ularning faoliyati samaradorligining doimiy monitoringini olib borish;
  • Institutda o‘rnatilgan tartibda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti faoliyatini tashkillashtirish;

Tahririy-noshirlik faoliyati yo‘nalishida:

  • Institutning darslik, o‘quv-uslubiy va boshqa adabiyotlarni nashr etish yillik rejasini shakllantirish va uning ijrosini ta’minlash;
  • O‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi va Axborot-resurs markazi bilan birgalikda Institutda fanlarning davlat tilidagi adabiyot (darslik va o‘quv qo‘llanma)lar bilan ta’minlanganligi va yangi avlod o‘quv qo‘llanmalariga ehtiyojni o‘rganish;
  • Institut professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan darsliklar, ma’ruza fondlari, o‘quv qo‘llanmalari hamda boshqa ishlanmalarni o‘z vaqtida tahrir qilish, sifatini baholash va chop etish;
  • Institutda tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar materiallarini to‘plam shaklida chop etish;
  • Institutda o‘tkazilgan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari bo‘yicha fotoamateriallar tayyorlash;
  • «Yong‘in-portlash xavfsizligi» ilmiy-texnik jurnal tahririyati faoliyatini tashkillashtirish.

BO‘LIM FAOLIYATI

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida 2017 yil yanvar oyidan buyon doktorant, podpolkovnik B.T.Ibragimov fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun «Bino va inshootlar yong‘in xavfsizligiga kuchlangan-deformatsiyalangan dempferli tizimlar ta’sirining nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish» mavzusida dissertatsiya tadqiqotlarini, mustaqil izlanuvchi, podpolkovnik B.B.Xatamov falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Sozdanie mnogofunksionalnoy spestexniki i adaptirovannogo metodologicheskogo bazisa povыsheniya pojarnoy bezopasnosti slojnыx ob’ektov» mavzusida dissertatsiya tadqiqotlarini olib bormoqdalar.

Institutning qo‘yidagi xodimlari mustaqil tadqiqotchisi sifatida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar:

  • Institut o‘qituvchisi, podpolkovnik N.K.O‘razbaev 2016 yildan O‘zbekiston milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi sifatida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «O‘zbekistonda Yong‘in xavfsizligi tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari XX-XXI asr boshlari» mavzusida;
  • Institut o‘qituvchisi, katta leytenant F.O.Xafizov 2018 yil yanvar oyidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi» kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi sifatida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Matoli yong‘in o‘chirish yenglarini qovurg‘asini yaratish» mavzusida;
  • Institut ilmiy xodimi, katta leytenant B.X.Tojiboev 2018 yil yanvar oyidan M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining mustaqil tadqiqotchisi sifatida mazkur Universitet kafedra mudiri, kimyo fanlari doktori, dotsent Z.A.Smanova ilmiy rahbarligida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «Polimer materiallarini yonishidan ajralgan gazlarni ekspres aniqlash va neytrallash metodini ishlab chiqish» mavzusida.

Institutning qo‘yidagi xodimlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash ustida ishlamoqdalar:

  • Institut katta o‘qituvchisi, mayor S.Q.Jumaev «Mahalliy xom-ashyolar asosida tayyorlangan antipirenlar bilan yog‘och materiallarini yong‘indan himoyalash» mavzusida;
  • Institut o‘qituvchisi, kapitan O.A.To‘laganov «Gips bog‘lovchisi asosidagi kompozitsion qurilish materiallarining olovbardoshliligini oshirishda olovbardosh qo‘shimchalar: vermikulit va mikrosferalarni qo‘llash» mavzusida;
  • Institut o‘qituvchisi, katta leytenant M.Boyxo‘rozov «Yong‘in xavfsizligida aloqa, lokatsiya va navigatsiya jihozlarining qo‘llanilishi» mavzusida;
  • Institut o‘qituvchisi, katta leytenant J.Boliqulov «Yong‘in xavfini oldindan ogohlantiruvchi elektron va optik qurilmalar yaratish» mavzusida;
  • Institut o‘qituvchisi, katta leytenant E.N.Vasiev «To‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar bo‘yicha ishonchli ehtimollik funksionallarini baholash» mavzusida;
  • Institut o‘qituvchisi, katta leytenant D.K.Nasriddinov «Oliy ta’limning fizika kursida elementar zarralar fizikasining zamonaviy ko‘rinishi va o‘qitish metodikasini ishlab chiqish» mavzusida;
  • Bo‘lim boshlig‘i, kapitan M.R.Doschanov «To‘qimachilik materiallarining yong‘in xavfsizligini kamaytirishda nanotexnologiyalardan foydalanish» mavzusida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi «Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yilda Bo‘lim tomonidan tashkil etiladigan chora-tadbirlar:

  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlari va respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yetakchi olim va akademiklar bilan davra suhbatlarini o‘tkazishni;
  • Yong‘in xavfsizligi instituti, Respublika «Tasviriy oyna» ijodiy uyushmasi va joylardagi hududiy yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiyalar bilan hamkorlikda respublika tuman/shaharlaridagi odamlar ommaviy yig‘iladigan joylarda yong‘in vaqtida harakat qilish tartibi va yong‘inlarning yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari aks ettirilgan ko‘rgazmali tashviqot materiallarining tarqatilishini;
  • Yong‘in xavfsizligi institutida yong‘in va texnosfera xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli mavzular bo‘yicha Institutning o‘qituvchi va ilmiy xodimlari tomonidan ilmiy izlanishlarning olib borilishini;
  • Yong‘in xavfsizligi instituti muassisligida ta’sis etilgan «Yong‘in-portlash xavfsizligi» («Pojarovzrыvobezopasnost») ilmiy-texnik jurnalining chop etilishini.
  • «Ўзбекистон Республикаси ИИВ Ёнғин хавфсизлиги институтида 2018-2022 йилларда ёнғин хавфсизлиги ва техносфера хавфсизлигини таъминлашнинг долзарб муаммолари бўйича фундаменттал ва амалий илмий тадқиқотларни ривожлантириш стратегияси»нинг ижросини;
  • Ёнғин хавфсизлиги институти муассислигида таъсис этилган «Ёнғин-портлаш хавфсизлиги» («Пожаровзрывобезопасност») илмий-техник журналининг чоп этилишини.

BO‘LIM FAOLIYATI NATIJALARI

SOHAGA OID ISLOHOTLAR DOIRASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2017 yil 23 maydagi «Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2991-son Qarori talablariga muvofiq Bo‘lim xodimlarining faol ishtirokida quyidagi tadbirlar tashkillashtirildi:

  • «O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutida 2018-2022- yillarda yong‘in xavfsizligi va texnosfera xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish strategiyasi» ishlab chiqilgan (24.06.2017 y.) (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan);
  • «O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutida yong‘in va texnosfera xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli mavzular ro‘yxati» ishlab chiqilgan (24.06.2017 y.) (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan);
  • Yong‘in xavfsizligi instituti muassisligida «Yong‘in-portlash xavfsizligi» («Пожаровзрывобезопасност») ilmiy-texnik jurnali ta’sis etilib, «Ommaviy axborot vositasi» sifatida ro‘yxatga olingan (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 18.10.2017 y.) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan (OAK Rayosatining 28.12.2017 y. 247/6-son qarori) texnika fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan;
  • Yong‘in xavfsizligi instituti, Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi hamda Respublika «Tasviriy oyna» ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda «Respublikamiz hududida yong‘in vaqtida harakat qilish tartibi va yong‘inlarning yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari aks ettirilgan ko‘rgazmali tashviqot materiallarini tarqatishni tashkil qilish to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori qabul qilingan. Qo‘shma qaror ijrosi doirasida o‘tgan yilning iyul-dekabr oylarida 5751 ta ko‘rgazmali tashviqot materiallari tayyorlanib, joylardagi hududiy yong‘in xavfsizligi bo‘yicha komissiyalar bilan hamkorlikda respublika tuman/shaharlaridagi odamlar ommaviy yig‘iladigan joylarda tarqatilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining quyidagi yetakchi olimlari bilan davra suhbatlari o‘tkazilgan:

  •  akademik O‘tkir Hasanovich Rasulev – Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri;
  • akademik Ramizulla Abdullaevich Mo‘minov – Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri;
  • professor Bosit Nabievich Hamidov – Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri;
  • professor Mastura Iskandarova – Umumiy va noorganik kimyo instituti qoshidagi «Strom» ilmiy-tekshirish va sinov markazi mudiri;
  • professor Xatam Baxronovich Ashurov – Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori;
  • texnika fanlari doktori Shavkat Isakovich Klыchev – Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti qoshidagi Maxsus konstruktorlik-texnologik byurosi direktori;

ILMIY TADQIQOT ISHLARI DOIRASIDA

Institut o‘qituvchisi mayor Q.M.Murtazaev «Suv sovutish qurilmalarida (gradirniya) issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini jadallashtirish texnologiyasini yaratish» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 27.06.2017.T.03.03 Ilmiy Kengashda 2017 yil 30 noyabrda muvaffaqiyatli himoya qildi.

Podpolkovnik B.T.Ibragimov Institutda tashkil etilgan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutining doktoranturasiga va podpolkovnik B.B.Xatamov tayanch doktoranturasiga belgilangan tartibda qabul qilindilar.

Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarining qo‘yidagi mavzudagi ilmiy loyihalar bo‘yicha Bo‘lim tashkilotchiligi asosida ilmiy izlanishlar olib borilgan:

2016-2017 yillarga mo‘ljallangan «Energosamarador beton uchun nanomodifikatsiyalovchi qo‘shimcha olish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusida;

2016-2017 yillarga mo‘ljallangan «Mahalliy hom ashyo asosida qiyin yonuvchan yog‘och qirindili plitalar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqarish va hayotga tatbiq etish» mavzusida;

2015-2017 yillarga mo‘ljallangan «Sanoat chiqindilari asosida olingan resurstejamkor antipirenlar bilan ishlov berilgan olovbardosh qurilish materiallarini yaratish va tadqiq etish» mavzusida.

TAHRIRIY- NOSHIRLIK FAOLIYATI

Institutda yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish borasida quyidagi ilmiy va o‘quv adabiyotlar nashr etildi:

  • «Yong‘in surishtiruvi va ekspertizasi» fanidan darslik (O‘.T.Muzaffarov, A.V.Lityaga). Cho‘lpon nashriyotida 200 nusxada;
  • «Qurilishda yong‘in xavfsizligi» fanidan darslik (O‘.T.Muzafarov, R.S.Yusupov, I.I.Sidikov). Cho‘lpon nashriyotida 200 nusxada;
  • «Yong‘in o‘chirish taktikasi» fanidan darslik (A.H.Qo‘ldoshev, E.E.Sobirov, S.S.Sultonov). Cho‘lpon nashriyotida 200 nusxada;
  • 2017 yil 15 mart kuni Institutda «Yong‘inga xavfsiz qurilish materiallari-xavfsizlik poydevoridir» mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami;
  • 2017 yil 14 dekabr kuni Institutda «Yong‘in xavfsizligi muammolari, ularning yechimi va yong‘inga qarshi muhofazani takomillashtirish» mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami.

ILMIY TADQIQOT INSTITUTLARI, TURDOSH OLIY TA’LIM MUASSASALARI, TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining bir qator ilmiy tadqiqot institutlari hamda respublikaning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlari asosida Institut yosh o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining stajirovkalari tashkillashtirilmoqda, jumladan:

  • Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
  • Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti;
  • Umumiy va noorganik kimyo instituti;
  • Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti;
  • Toshkent kimyo texnologiya instituti;
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti;
  • Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish instituti;
  • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti;
  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti.