O'QUV
JARAYONINI TASHKILLASHTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BO'LIMI
Bo'lim boshlig’i – mayor
Nazarov Furkat Abdulfayzovich
Bo'limning
maqsadi Institutda o'quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish hamda
ta'lim sifatini oshirish choralarini ko'rishdan iborat.
Bo'limning
vazifalari:
· «Harbiy ta'lim» ta'lim sohasining «Yong’in
havfsizligi» va «Tehnosfera havfsizligi» mutahassisliklari uchun Oliy
ta'limning davlat ta'lim standarti, «Yong’in havfsizligi» mutahassisligining
«Yong’in nazorati va profilaktika ishlarini tashkil qilish» va «Kasbiy
tayyorgarlik, hizmat va yong’in o'chirishni tashkil qilish» ihtisoslashuvlari,
«Tehnosfera havfsizligi» mutahassisligining «Sanoat va yong’in havfsizligi
faoliyatini tashkil etish» ihtisoslashuvi bo'yicha malaka talablari va
namunaviy o'quv rejalari asosida ishchi o'quv rejalarining ishlab chiqilishini
tashkillashtirish;
· namunaviy o'quv dasturlari, fanlar
bo'yicha ishlab chiqilgan ishchi o'quv dasturlarni mutahassisliklar bo'yicha
malaka talablari va namunaviy o'quv rejalariga muvofiqligini ta'minlash;
· o’quv ishlarini zamonaviy pedagogik va
tashkiliy talablarga javob beruvchi kompleks va maqsadli tarzda rejalashtirish
va dars jadvallarini (dars mashg’ulotlarini ilmiy va metodik jihatdan
asoslangan o'zaro aloqadorlik hamda mantiqiy ketma-ketlikda) tuzish;
· o'qitiladigan mutahassisliklar bo'yicha
oliy ma'lumotli, zamon talablariga javob beradigan mutahassis kadrlar
tayyorlash, ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi
mehanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
· kursantlarning bilimini nazorat qilish
va baholash reyting tizimi to'g’risidagi Nizom asosida nazorat turlarini,
fanlar bo'yicha Yakuniy davlat attestaciyalarni hamda bitiruv (diplom) ishi himoyasini
tashkillashtirish;
· kursantlarning intellektual bilimlarini
yanada oshirish, bilimdon, zakovatli, ijodkor, madaniyatli va zamonaviy
fikrlaydigan yangi avlod kadrlari sifatida shakllantirish maqsadida
ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkillashtirish;
· professor-o'qituvchilari tarkibining
kasbiy mahoratlarini oshirishlari uchun sharoit yaratish, ular o'rtasida sog’lom
raqobat muhitini yaratish, o'qituvchilarda kasbiy malaka darajasini o'stirishga
bo'lgan ehtiyojni doimiy ravishda shakllantirib borish, o’quv yili davomida
professor-o'qituvchilar faoliyatining monitoringini olib borish va o’quv yili
yakunida ularning reytingini holis va odilona aniqlashni tashkil etish.
Bo'limning funkciyalari:
· Bo'lim pedagogik va ilmiy jarayonlar
sifatini ta'minlash, yuqori nazariy va kasbiy saviyada o'quv, o'quv-uslubiy va
ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
· o’quv jarayoniga o'qitishning zamonaviy
shakl va uslublarini, pedagogika va ahborot kommunikatsiya tehnologiyalari,
masofadan o'qitish tizimini keng joriy etish;
· Institut professor-o'qituvchilar
tarkibini to'g’ri tanlash, taqsimlash, joy-joyiga qo'yish, ilmiy pedagogik
malakalarini oshirishni tashkillashtirish;
· professor-o’qituvchilarning o’quv yuklamalari
taqsimotini tahlil qilish;
· professor-o’qituvchilarning faoliyatini
baholash reytingi bo'yicha tahliliy ma'lumotlar tayyorlash;
· kursantlarni ilmiy faoliyatga jalb
etish, ularning mustaqil ijodiy ish bilan shug’ullanishlari uchun zaruriy
sharoitlar yaratish;
· o’quv rejasi va o’quv jarayoni grafigiga
asosan barcha turdagi amaliyotlarni belgilangan muddatlarda o'tkazilishini
tashkil etish;
· Yakuniy davlat attestaciyasi sinovlari
dasturlarini ishlab chiqish, o'rnatilgan tartibda tasdiqlatish;
· o’quv yili yakuni bo'yicha «Vazir
stipendiati» tanlovini o'tkazish kabi asosiy funkciyalarni bajaradi.
BO'LIM FAOLIYATI
Bo'lim
Institutning o’quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning asosiy organi hisoblanadi.
Bo'lim o'z faoliyatini Institutning kafedralari, tarkibiy bo'lim, bo'linmalari
va saf qismi o’quv kurslari bilan hamkorlikda tashkillashtiradi va bu bilan
Institutni bir butun o’quv va ilmiy-metodik kompleks sifatida faoliyat olib
borishini ta'minlaydi.
Shuningdek,
bo'lim yong’in havfsizligi hizmatiga mutahassislar tayyorlashda kafedralar hamda
bo'limlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ta'lim jarayonini rejalashtirish va
nazorat qilishni hamda Institut kafedralari va boshqa oliy ta'lim muassasalari o’quv
jarayonini muntazam o'rganib borish, ish tajribasini tahlil qilib, o'qitishning
zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tatbiq
etishni tashkillashtiradi.
Bundan
tashqari, Institutda nazariy ta'lim bilan amaliyotni samarali integratsiyasini
ta'minlash, yong’in havfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar,
yangiliklar va muammolar bilan kursantlarni yag’indan tanishtirish, o’quv-tarbiya
jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida Institutda Yong’in havfsizligi sohasining
etakchi rahbarlari va hodimlari ishtirokida ishlab chiqarish maskanlarida
Institut kursantlari bilan mashg’ulotlar, uchrashuvlar yuqori saviyada
tashkillashtirilmoqda.
Shu
bilan birga, tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg’unligini
ta'minlash maqsadida Institut va Yong’in havfsizligi bosh boshqarmasining qo'shma
rejasiga muvofiq Institut professor-o'qituvchilari Yong’in havfsizligi bosh
boshqarmasi va uning quyi tizimlarida stajirovka o'tashlari yo'lga qo'yilgan.
Institutda
o’quv mashg’ulotlari samaradorligini yanada oshirish, ularni Vatanga muhabbat
ruhida tarbiyalash, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, kursantlar orasida
mamlakatimiz ravnaqi uchun fidoyi bo'lgan iqtidorli kursantlarni aniqlash,
ularning intellektual bilimlarini oshirish maqsadida, Institutda o'qitiladigan
fanlar bo'yicha «quvnoqlar va zukkolar» ko'rik tanlovi muntazam ravishda o'tkaziladi.
Ko'rik-tanlovlarda respublikamizning taniqli olimlari, mutahassislari, san'at
arboblari, ichki ishlar idoralarining fahriylari va turdosh oliy ta'lim
muassasalarining professor-o'qituvchilari ishtirok etadilar.
«Ta'lim
to'g’risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq Institutda
ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, professor-o'qituvchilar tarkibi
o'rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim-tarbiya
tizimini izchil rivojlantirishni ta'minlash maqsadida Institutda «Pedagogik mahorat
kursi» faoliyat ko'rsatadi.
Kursning
tinglovchi-o'qituvchilar tarkibi Institut kafedralarida o'qituvchi lavozimiga
yangi tayinlangan (sinov muddatidagi) o'qituvchilar, pedagogik staji uch yildan
kam bo'lgan o'qituvchilar, shuningdek, ochiq dars mashg’uloti muhokamasi va
darslarini pedagogik nazorat qilish natijalariga ko'ra mazkur kursga tavsiya
etilgan o'qituvchilardan shakllantiriladi.
Bo'limda quyidagi hujjatlar yuritiladi:
· o’quv jarayoni jadvali;
· darslar, konsul’tatsiyalar, attestatsiyalar,
darslarni pedagogik nazorat qilish va umuminstitut ochiq darslar jadvallari;
· o’quv guruhi kursantlarining
o'zlashtirishi va davomatini qayd etish jurnallari;
· o’quv fanlari bo'yicha reyting qaydnomasi;
· kursantlarning reyting daftarchasi yoki
reytingni hisobga olish elektron tizimi (elektron jurnal);
· kursantlarning o’quv kartochkalari;
· butun ta'lim davomida kursantlar
tomonidan o’quv rejasining bajarilishi natijalari haqida umumlashtiruvchi qaydnoma
varaqasi;
· o'qituvchilarni o’quv yuklamalari
bo'yicha reja va hisobotlari;
· o’quv jarayoniga doir yozishmalar.
HAMKORLIK
Bo'limda
amaliy organlar va boshqa oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalarga alohida
e'tibor qaratilgan, jumladan:
· I.Karimov nomidagi Toshkent davlat
tehnika universiteti;
· O'zbekiston Davlat jahon tillari
universiteti;
· IIV Akademiyasi;
· FVV Fuqaro muhofazasi instituti;
· O'zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi harbiy-tehnik instituti;
· Toshkent kimyo-tehnologiya instituti;
· O'zbekiston Respublikasi fanlar
akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti;
· IIV Yong’in havfsizligi bosh boshqarmasi;
· O'zbekiston Respublikasi Oliy va
o'rta-mahsus ta'lim vazirligi Oliy va o'rta mahsus kasb-hunar ta'limini
rivojlantirish markazi.
BO'LIM FAOLIYATI NATIJALARI
Bugungi
kunda bo'lim hodimlari Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan
takomillashtirish maqsadida o'tkazilgan islohotlar jarayonida, soha faoliyati
bilan bog’liq bo'lgan me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etib,
bevosita bo'lim tashkilotchiligida quyidagi hujjatlar ishlab chiqilgan:
· «harbiy ta'lim» ta'lim sohasining «Yong’in
havfsizligi» va «Tehnosfera havfsizligi» mutahassisliklari uchun Oliy
ta'limning davlat ta'lim standarti;
· «Yong’in havfsizligi» mutahassisligining
«Yong’in nazorati va profilaktika ishlarini tashkil qilish» va «Kasbiy
tayyorgarlik, hizmat va yong’in o'chirishni tashkil qilish» ihtisoslashuvlari
malaka talablari va namunaviy o’quv rejalari;
· «Tehnosfera havfsizligi»
mutahassisligining «Sanoat va yong’in havfsizligi faoliyatini tashkil etish»
ihtisoslashuvi bo'yicha malaka talablari va namunaviy o’quv rejalari;
· Davlat yong’in havfsizligi hizmatining
rahbar kadrlarni tayyorlash Oliy kurslari uchun «Davlat yong’in havfsizligi
hizmatida boshqaruvni tashkillashtirish» yo'nalishiga qo'yiladigan Davlat
talablari va namunaviy o’quv rejasi;
· «O'rta-mahsus, kasbiy ta'lim yo'nalish
va mutahassisliklari, tayyorlash yo'nalishlarining Umumdavlat
klassifikatori»ning O'zDSt 3027:2015 ta'lim sohasi, tayyorlash yo'nalishi va
kasb-hunar kolleji bitiruvchisining toifa darajasiga (Kasb-hunar kollejlari
tayyorlov yo'nalishi: 3650100 – Yong’in havfsizligi, Kasb: 3650101 – Yong’in havfsizligi tehnigi, Ta'lim sohasi -
Hizmatlar sohasi; Tayyorlash yo'nalishi – Yong’in havfsizligi; toifa darajasi -
Kichik mutahassis) kiritilgan qo'shimchalar («Yong’in havfsizligi tehnigi»
kasbi bo'yicha «Yong’in-qo'riqlash-signalizatsiya elektromontyori», «O't
o'chiruvchi», «Yong’in havfsizligi kichik inspektori», «Dispetcher», «V» yoki
«VS» toifali haydovchi» ihtisosliklari kiritilgan);
O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 may kunidagi PQ-2991-son qarori asosida
davlat va idoraviy yong’indan saqlash hizmatiga ishga qabul qilish, shuningdek,
Institutga o'qishga kirishga tayyorlash bo'yicha qo'shimcha guruhlar tashkil qilingan
kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlov yo'nalishi bo'yicha o’quv reja, mahsus
fanlar bo'yicha fan dasturlari va kasb-hunar kollejlarida fakul’tativ mashg’ulotlar
o'tkazish rejasi.
Institutda
o’quv jarayonini avtomatlashtirish, tezkor ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash
va ta'limda ahborot kommunikatsiya tehnologiyalarini qo'llash maqsadida
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligining «Elektron
ta'limni rivojlantirish markazi» bilan hamkorlikda Institutning ta'lim tizimida
«Elektron jurnal» dasturi bevosita bo'lim tashabbusi bilan joriy qilingan.