Axborot kommunikatsiya texnologiyalar bo‘limi

AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR BO‘LIMI

BO‘LIM MAQSADI

Mazkur bo‘lim, Institutda zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlarini amalda qo‘llash orqali ichki ishlar idoralari uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonining sifatini, o‘quv jarayoni dasturiy-uslubiy ta’minotining, xizmat va ma’muriy faoliyatning, o‘quv-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, ta’limning masofali texnologiyalari elementlaridan foydalanib ta’lim berishni amalga oshirishni innovatsion usul va shakllarini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasida yagona ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirishdan iborat.

BO‘LIM VAZIFALARI

Institutda axborot-pedagogik texnologiyalarning yangi shakllarini amalga oshirish, o‘quv jarayonida axborot-ta’lim muhitini rivojlantirish va takomillashtirish, ichki ishlar idoralari mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, o‘qitishning an’anaviy usullari bilan bir qatorda, axborot yetkazishning zamonaviy texnologik va metodik yondashuvlarini amalga oshirishdan iborat.

BO‘LIM FAOLIYATI

Axborot kommunikatsiya texnologiyalar bo‘limi xizmat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi, Ichki ishlar vazirligining hamda Institutning tegishli buyruq va ko‘rsatmalariga ko‘ra “Axborot kommunikatsiya texnologiyalar bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

- Institutda barcha o‘quv va ilmiy-uslubiy resurslarni birlashtiruvchi yagona axborot-ta’lim makonini yaratish, jamlangan materiallardan kursantlar va professor o‘qituvchilarning foydalanish imkoniyatini ta’minlash;

- o‘quv jarayonini informatsion-uslubiy va texnik ta’minlash, ta’lim resurslarining vositalari yordamida pedagogik faoliyatni axborot bilan quvvatlashni tashkil etish;

- ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayoniga Internet, telekom­mu­ni­katsiya hamda masofali o‘qitish texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

- Institut haqidagi axborotlarni jamlash, to‘ldirish va yangilash hamda turli axborot va telekommunikatsion tarmoqlarda joylashtirish, mazkur ishlarni texnik va axborot jihatdan ta’minlash va kuzatuvini olib borish;

- Institutning axborot infrastrukturasini texnik jihatdan ta’minlash, kuzatish va rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.

Institutda lokal tarmoq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib uning uzluksiz ishlashi va nazorati olib boriladi shuningdek mazkur tarmoq Institut kafedralarini Axborot-resurs markazi bilan o‘zaro birlashtirgan bo‘lib kursantlar va professor-o‘qituvchilar tarkibiga Axborot resurs markazida joriy qilingan elektron ta’lim resurslari, «ZiyoNET» ta’lim axborot tarmog‘i va xalqaro Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratilgan. Bo‘lim tasarrufidagi kompyuter sinfida xalqaro Internet tarmog‘i, ARMda «ZiyoNET» ta’lim axborot tarmoqlaridan hamda IP-TV xizmatlaridan foydalanish tashkil qilingan. Institutda O‘zbekiston Respublikasi IIV va tizimlari bilan elektron pochta aloqasi Axborot markazi bilan xamkorlikda bo‘lim tomonidan ishga tushirilgan.

Bo‘lim  tasarrufida “Maxsus modellashtirish va simulyatsiya” markazi takil qilingan bo‘lib, Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalangan holda Institutda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, barcha toifadagi yong‘in xavfsizligi xizmati mutaxassislarining kasbiy tayyorgalik va axborot-analitik layoqatlari darajasini yuksaltirish maqsadida hamda modellashtirish va simulyatsiya tizimlarini qo‘llagan holda yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda yong‘inlarning oldini olish va murakkab yong‘inlarni o‘chirish usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

HAMKORLIK

Axborot kommunikatsiya texnologiyalar bo‘limi hozirgi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan.

ISTIQBOLDAGI  REJALAR

Kelgusida Institut Axborot kommunikatsiya texnologiyalar bo‘limi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Institutda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda masofadan turib o‘qitishni va videokonferensiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda.