Ilmiy kengash

INSTITUT ILMIY KENGASHI

 Xashim Mamatkarimovich Do‘smatov – Ilmiy kengash kotibi; 

Institut Ilmiy kengashi – Institut boshlig‘i (rais), Institut boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari (rais o‘rinbosari), Institut boshlig‘ining o‘rinbosarlari, fakultet, kafedra, bo‘lim boshliqlari, yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilar, saf qismi, yong‘in va texnosfera  xavfsizligi bo‘yicha etuk mutaxassislardan iborat tarkibdan tuzilgan.

ILMIY KENGASH FAOLIYATI

Institut Ilmiy kengashi kollegial organi sifatida, Institut faoliyatiga tegishli quyidagi masalalarni ko‘rib chiqadi, muhokama qiladi, ma’qullaydi va tegishli qarorlar qabul qiladi:

·       Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘qitiladigan fanlarning dasturlarini muhokama qiladi va ma’qullaydi;

·       Institutning Ilmiy kengashi rejasi, Institutning asosiy tadbirlar rejasi, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda darslik, o‘quv-uslubiy va boshqa adabiyotlarni nashr etish hamda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining Rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari rejalarining loyihalarini muhokama etadi va ma’qullaydi hamda rejalarning ijrosi yuzasidan hisobotlarni eshitadi;

·       Institut kafedralarining o‘quv-uslubiy bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvolini muhokama qiladi va takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

·       Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa xodimlarning malaka oshirish hamda stajirovka rejalarining loyihasini muhokama etadi va ma’qullaydi hamda rejaning ijrosi yuzasidan hisobotlarni eshitadi;

·       Institutning O‘quv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi, Yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar markazi, Ilmiy tadqiqot va tahririy nashriyot faoliyatini tashkillashtirish bo‘limi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetining hisobotini eshitadi;

·       fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlari tanloviga ilmiy loyihalar mavzularini, loyihalar yuzasidan olib boriladigan izlanishlar bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibini, ularning ish rejalarini va bu bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi, ma’qullaydi hamda hisobotlarini eshitadi;

·       ta’limni ilm-fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirish masalalarini muhokama qiladi;

·       amaliy idoralar takliflarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)larini ochish to‘g‘risida taklif kiritadi;

·       Institutni tamomlaganlar faoliyatining monitoringi natijalarini eshitadi;

·       darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma, uslubiy tavsiyanoma, ma’ruzalar kursi, ma’ruzalar to‘plami, mashqlar (masalalar) to‘plamlarining loyihalarini muhokama qiladi va nashr etish masalalarini ko‘rib chiqadi;

·       professor, dotsent ilmiy unvonlarini olishga intilayotgan talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tavsiya etadi;

·       Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga nomzodlarni tavsiya etadi;

·       Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik ta’lim shakllari bo‘yicha tahsil olayotganlarning shaxsiy ish rejalarini, doktorlik dissertatsiyasi mavzulari va ilmiy konsultantlarini  ma’qullaydi;

·       falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va izlanuvchilarning ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan hisobotlarini eshitadi;

·       Institut bitiruvchi kurs kursantlarining hamda Rahbar kadrlar tayyorlash oliy kurslari tinglovchilarining malakaviy (diplom) ishi mavzulari, ilmiy rahbarlari va maslahatchilarini ma’qullaydi;

·       Institut bitiruvchi kurs kursantlarining Yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi;

·       Institut kafedralari hamda Yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar markazi qoshida tashkil etilgan iqtidorli kursantlarning ilmiy to‘garaklari rejalarining ijrosi yuzasidan hisobotlarini eshitadi;

·       Institut mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi, muhokama qiladi va tavsiyalar beradi;

·       Institutda tashkil etilgan ishchi guruh va komissiyalar faoliyatini muhokama qiladi va hisobotlarini eshitadi;

·       ochiq darslar, mashg‘ulotlarni pedagogik nazorat qilish tahlili to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi;

·       Institut Ilmiy kengashi yuqorida qayd etilganlardan tashqari, Institut faoliyati bilan bog‘liq boshqa muhim masalalarni ham ko‘rib chiqadi;

·       2018/2019 – o‘quv yilida Institut Ilmiy kengashi tomonidan o‘tkazilgan  yig‘ilishlarida Institut faoliyatiga oid 67 ta masala muhokama qilingan bo‘lib, Ilmiy kengashning 362 ta banddan iborat qarorlar qabul qilingan. Ilmiy kengash arorlari ijrosi ijobiy natijalar bermoqda.