Yoshlar innovatsiya markazi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutining Yoshlar innovatsiya markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-son Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-2909-son, 2017 yil 23 maydagi “YOng‘in xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2991-son va 2018 yil 5 iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlari talablarini to‘laqonli bajarish asosida iste’dodli yoshlarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Institut qoshida “Yoshlar innovatsiya markazi” tashkil etilgan

Quvondiq Mustafoevich Murtazaev – Markaz boshlig‘i, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori mayor.

Markazning asosiy vazifalari:

·        iste’dodli yoshlarni kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

·        respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash va uning oldini olishda mavjud muammolar, ularning echimi va yong‘inga qarshi muhofazani takomillashtirish yo‘nalishlarida ilmiy loyihalarni amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish;

·        yoshlar o‘rtasida ilmiy-amaliy anjumanlar, munozara, davra suhbatlari va ko‘rgazmalar, shuningdek seminar-treninglar, master-klasslar va shu kabi tadbirlarni tashkil qilish hamda o‘tkazish;

·        Institut yosh olimlari va kursantlarining Respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan grant-tanlovlarida innovatsion g‘oya va ishlanmalari bilan ishtirok etishini ta’minlash;

·        Institut yosh olimlari va kursantlarining innovatsion faoliyati natijalarini amaliyotga tatbiq qilishda ko‘maklashish, shuningdek Start-ap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

·        eng yaxshi innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni soha mutaxassislari bilan muhokama qilish, saralab olish hamda o‘quv jarayoniga va amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish;