Kasbiy boshqaruv va huquq kafedrasi

Kasbiy boshqaruv va huquq kafedrasi 

Tulteev Kenes Tovasovich – kafedra boshlig‘i, podpolkovnik. 

KAFEDRA YO‘NALISHI

Kafedraning maqsadi – ichki ishlar organlari faoliyatida fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining yong‘inlarning oldini olish ishlarini tashkil qilish va bu ishlarni "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor vazifa" tamoyili asosida amalga oshirish, yong‘indan saqlash xizmati faoliyatini tashkillashtirish, boshqarish va ish yuritish yo‘nalishlariga doir ixtisoslik va huquqiy fanlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlardagi ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat. 

Kafedraning vazifasi: 

OLIY TA’LIM DOIRASIDA: 

"YOng‘in xavfsizligi" mutaxassisligi bo‘yicha kursantlarda

yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inlarning oldini olish sohasida erishilgan yutuqlar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi;

yong‘inlar profilaktikasi tizimining shakllanishi, bu sohadagi islohotlar natijalari va istiqbollari, yong‘inlar profilaktikasi haqidagi ta’limotlar;

yong‘inlarning oldini olish xizmatini hamda unda faoliyat olib borayotgan sohaviy xizmatlar, jamoyat tuzulmalari bilan hamkorlikni tashkil etish;

iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha, aholi turar va ko‘p qavvatli binolarning yong‘in havfsizligi holatini kompleks tekshirish asoslarini bilish va unda ishtirok eta olish;

xizmat faoliyati va ish yuritish jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan maxfiylik tartiboti talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;

yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan to‘g‘ri ishlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda munosabat bildirish bo‘yicha chuqur bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va o‘quvlarini shakllantirishga zamin yaratish. 

"Texnosfera xavfsizligi" mutaxassisligi bo‘yicha kursantlarda

texnosfera xavfsizligini ta’minlash sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish;

yong‘inlar bilan bog‘liq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini tashkil etish ko‘nikmalarini hosil qilish;

kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda boshqaruv jarayonlarini modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;

xizmat faoliyati va ish yuritish jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan maxfiylik tartiboti talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;

yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan to‘g‘ri ishlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda munosabat bildirish bo‘yicha chuqur bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va o‘quvlarini shakllantirishga zamin yaratish. 

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari bo‘yicha tinglovchilarda

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv hujjatlarini sifatli tayyorlash, ishini to‘g‘ri rejalashtirish, tashkillashtirish va ijrosini ta’minlash, turli vaziyatlarda tezkorlik bilan asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini tashkil etish, kuch va vositalarini samarali boshqarish;

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatida kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joyiga qo‘yish va ular bilan ishlash borasidagi faoliyatini tizimli tashkil etish usullarini bilishi;

ijtimoiy hamkorlik va jamoada ishlay olish, jamoani o‘z ortidan ergashtira olishi;

o‘z ustida muntazam ishlash, muvaffaqiyatga intilish, tashkilotchilik, etakchilik va tashabbuskorlik fazilatlarini qo‘llay olishi;

qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni tarbiyalash, o‘z ortidan ergashtira olish, kasbiy tayyorgarligini oshirib borish va jamoada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish;

yong‘in va texnosfer xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etish;

yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish, yong‘inlar va texnogen xarakterdagi favqulodda holatlarning oldini olish borasida profilaktika ishlarini talab darajasida amalga oshirish;

iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha, aholi turar va ko‘p qavvatli binolarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli faoliyatini tashkil etish;

jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni tashkil etish;

xizmat faoliyati va ish yuritish jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan maxfiylik tartiboti talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;

yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarishda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan to‘g‘ri ishlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda munosabat bildirish bo‘yicha chuqur bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va o‘quvlarini shakllantirishga zamin yaratish. 

OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM DOIRASIDA:

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish. 

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA TAYYORLASH DOIRASIDA:

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining kasbiy darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, sohaga oid nazariy bilimlar hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijalari, ichki ishlar organlari va yong‘in xavfsizligi sohasidagi islohotlar, yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek, yong‘inlarning oldini olishni tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni tinlovchilarga chuqur o‘rgatish;

davlat ahamiyatiga molik o‘ta muhim yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar, maxsus tarmoqlar, tadbirkorlik sub’ektlari hamda vazirlik va tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlarini o‘rnatilgan tartibda yong‘in xavfsizligi asoslariga o‘qitish. 

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI DOIRASIDA:

ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, yong‘in va texnosfer xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning natijalarini ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiya qilgan holda amaliyotga tadbiq etish, jumladan:

mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilim, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta’minlash;

tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanishlar olib borish;

ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda yangi ilmiy va amaliy natijalar olish, ularni ishlash va baholash;

internet tarmog‘ida yong‘in xavfsizligiga oid eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda izlash, topish va ulardan samarali foydalanish;

yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘chirishga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot yutuqlarini o‘rganish;

yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va dolzarb masalalar echimiga qaratilgan ilmiy izlanishlarni bajarishda bevosita ishtirok etish;

respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ilmiy yondashuv orqali yong‘inlarning oldini olishning yangicha metodlari va vositalarini yaratish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;

vazirliklar, Davlat idoralari, korxona va tashkilotlarga tegishli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga, shuningdek, yangi turdagi texnik ishlanmalar, buyumlar, materiallar va yangi konstruktorlik ishlanmalarning namunalarini sinash va keyinchalik ularni ishlab chiqarishga tatbiq qilish ishlari bo‘yicha amaliy yordam berish;

yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etish;

kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi ishini tashkil etish, kursant/tinglovchilarni fan yutuqlari, ilmiy ishlanmalar, maxsus va boshqa adabiyotlar bilan ishlashini, muammo va kamchiliklar ustida muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash;

ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish. 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

YUridik tayyorgarlik;

Inson huquqlari;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar;

YOng‘in xavfsizligi xizmatining huquqiy asoslari;

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati faoliyatini tashkillashtirish, boshqarish va ish yuritish;

Davlat yong‘in nazorati;

Amaliyot asoslari;

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatida boshqaruv;

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatida ish yuritish;

YOng‘in profilaktikasida jamoatchilik bilan ishlash;

YOng‘in xavfsizligi xizmatida kadrlar bilan ishlashni tashkil etish;

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatida axborot-tahlil faoliyatini tashkil etish. 

KAFEDRA FAOLIYATI

TA’LIM

Kasbiy boshqaruv va huquq kafedrasi institutning ixtisoslik fanlarni o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan ixtisoslik fanlaridan oliy ta’lim doirasida "YOng‘in xavfsizligi" va "Texnosfera xavfsizligi" mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlar, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslarida tinglovchilar, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash doirasida Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xodimlari va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik va yong‘in-portlash xavfi yuqori ob’ektlarning rahbar va injener-texnik xodimlari bilan ma’ruza, amaliy (maskan) mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi. Ishchi dasturlarga muvofiq bevosita sanoat korxonalarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan maskan mashg‘ulotlari uchun alohida dars soatlari ajratilgan. 

ILM-FAN

Hozirgi kunda kafedrada xizmat faoliyati davomida amaliy salohiyat va yuqori tajribaga ega bo‘lgan xodimlardan huquqshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Bori Toxtaxodjaevich Akramxodjaev, Ichki ishlar organlari va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillar xizmat qilgan Zahid Mahmudovich Mirzaahmedov va Kenes Tovasovich Tulteevlar samarali faoliyat yuritib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. SHuningdek, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning "Respublika miqyosidagi shaharlarda yong‘inlar bilan bog‘liq tezkor vaziyatning statistik tahlili va asosiy me’yoriy ko‘rsatkichlarni prognoz qilish" nomli bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda.

Shu qatorda, bosh ilmiy mavzu yuzasidan Rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari tinglovchilari va kunduzgi ta’lim kursantlari tomonidan ham bitiruv malakaviy ishlari bajarilmoqda. Unda asosiy e’tibor Respublikadagi shahar va tumanlaridagi yong‘inlar bilan bog‘liq tezkor vaziyatning tahlili hamda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanishini inobatga olgan holda hududning yong‘indan muhofazasini ta’minlash ishlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

Kafedra dotsenti B.T.Akramxodjaev rahbarligida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim doirasida "Jinoyat jarayoni" yo‘nalishida ikki nafar tadqiqotchilar Toshkent davlat yuridik institutning Ixtisoslashtirilgan kengashida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, "YUridik fanlar nomzodi" ilmiy darajasiga ega bo‘lganliklari maqtovga sazovor. SHuningdek, B.T.Akramxodjaev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar, "Jinoyat jarayoni" va "Kriminalistika" fanlaridan chop etilgan darsliklar va boshqa bir qator qo‘llanmalarning ham muallifidir. Uning asosiy ilmiy izlanishi O‘zbekistonda jinoyatdan jabr chekkan shaxslarga nisbatan xalqaro huquqiy himoyalash va huqularini tiklash hujjatlarini tatbiq etilishi bilan bog‘liq va shu asosda huquqni tiklash odil sudlovini tashkil etishga qaratilgan.

Kafedra katta o‘qituvchisi A.B.Axmedov Institutning yong‘in xavfsizligi tizimidagi muammolar va dolzarb masalalar echimiga qaratilgan ilmiy izlanishlarni rivojlantirish strategiyasi asosida respublikadagi sodir bo‘layotgan yong‘inlarning tavsilotlarini tahlilar bo‘yicha o‘rganish va Institutning bosh ilmiy mavzulari yo‘nalishidagi "YOng‘in oqibatida jabrlanganlarning hayoti, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplashda Davlat ishtirokini kamaytirish maqsadida, yong‘inga qarshi sug‘urtalashning samarali tizimini yaratish" mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 

AMALIYOT

Kafedra zimmasiga Saf qismi 3-kurs kursantlarining "Smena boshlig‘i" va "Inspektor" lavozimlarida amaliyot o‘tashlarini tashkillashtirish vazifasi yuklatilgan. Malakaviy amaliyot dasturiga asosan har yili amaliyot ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichi Institut O‘quv yong‘in o‘chirish qismida "Smena boshlig‘i" lavozimida hamda 2-bosqichi Toshkent shahar IIBB YOXB Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismlarida "Smena boshlig‘i" va "Inspektor" lavozimlarida tashkil qilinadi.

Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi kursantlar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni amaliyot bilan bog‘liq holda olib borishni ta’minlash, chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularning yong‘in bilan bog‘liq real va keskin vaziyatlar uchun ruhiy va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash, qat’iy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini, kelgusida tayinlanadigan lavozimlar bo‘yicha kasbiy mahorat hamda amaliy ish ko‘nikmalarini hosil qilish, yuksak kasbiy tayyorgarligini, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy va jismoniy mehnatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirishdan iborat. 

SAYYOR O‘QUV YIG‘INLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi "YOng‘in xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-2991-sonli Qarori asosida Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan yilda bir marta respublikaning har bir hududida natijalari yuzasidan test sinovlari qabul qilinadigan va tegishli sertifikatlar beriladigan ob’ekt rahbarlarining kompleks o‘quv-amaliy yig‘inlarini tashkil qilinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etilgan o‘quv yig‘inlarida, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruqlari asosida Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahri DYOXX yong‘inlar profilaktikasi va yong‘in o‘chirishni tashkil etish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ofitserlar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlash maqsadida tasdiqlangan reja asosida test sinovlaridan o‘tkazilishida ham faol ishtirok etdilar. 

TURDOSH OLIY TA’LIM MUASSASALARI, TASHKILOT VA MUASSASALAR BILAN HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh OTMlari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi "Ichki ishlar idoralarida boshqaruvni tashkil etish";

Toshkent Davlat yuridik universiteti "Fuqarolik protsessual va xo‘jalik protsessual huquqi" kafedrasi;

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi;

O‘zbekiston Respublikasi IIV YOXBBning "YOng‘in nazorati va profilaktikasi bo‘limi";

O‘zbekiston Respublikasi IIV YOXBBning "Kadrlar bo‘limi";

O‘zbekiston Respublikasi IIV YOXBBning "Axborot-tahlil bo‘limi";

 O‘zbekiston Respublikasi IIV YOXBBning "YOng‘in xavfsizligini ilmiy-texnik ta’minlash markazi".

SHuningdek, respublikamizda mavjud bo‘lgan madaniy-oqartuv muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan kafedra fanlaridan mashg‘ulotlarni maskanlarda o‘tkazish maqsadida "Istiqlol", "Turkiston" san’at saroylari, "Uztex Toshkent" MCHJ qo‘shma karxonasi, "Toshkent tola" MCHJ mintaqaviy paxta terminali kabi bir qator yirik korxonalar bilan ham hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

 MALAKA OSHIRISH

Kafedrada Institutning malaka oshirish va stajirovka o‘tash rejalari asosida yosh o‘qituvchilarning amaliy idoralarda stajirovka o‘tashlari hamda tajribali pedagog hodimlarning tegishli Oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishlari yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi yillar davomida kafedraning 2 nafar xodimlari stajirovka o‘tagan va 3 nafari Toshkent davlat pedogogika universiteti huzuridagi pedogogik kadrlarni qayta tayyorlash va va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida muvaffaqiyatli malaka oshirib qaytdilar. 

Fotogalereya

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI 

NASHRLAR

Kafedrada olib borilayotgan uslubiy va ilmiy ishlarning natijalarini o‘quv jarayoni va amaliyotga tatbiq etish va fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadida IIV oliy ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlari, ichki ishlar organlari va davlat yong‘in xavfsizligi xodimlari uchun so‘nggi yillar davomida bir qator yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib, nashr etilgan, jumladan:

2013 yilda "Ekspertizaning yong‘in xavfsizligi tizimidagi konseptual muammolari to‘g‘risida"gi uslubiy qo‘llanma;

2016 yilda "Tadbirkorlik sub’ektlarining ob’ektlarida yong‘inga qarshi holatini tekshirish va ularga ta’sir choralarini qo‘llash" bo‘yicha uslubiy qo‘llanma 1-qismi;

2017 yilda "Tadbirkorlik sub’ektlarining ob’ektlarida yong‘inga qarshi holatini tekshirish va ularga ta’sir choralarini qo‘llash" bo‘yicha uslubiy qo‘llanma 2-qismi;

2017 yilda "Aholi turar joylarining yong‘inga qarshi holatini tekshirish tartibi" bo‘yicha uslubiy qo‘llanma;

2017 yilda YOng‘in xavfsizligi xizmatiga oid me’yoriy hujjatlar to‘plami;

2017 yilda Korxona, muassasa, tashkilotlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy materiallar va me’yoriy hujjatlar to‘plami.

 TANLOVLAR

2016/2017-o‘quv yilida mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida "Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi Qonun – fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashning ishonchli kafolatidir" mavzusida o‘tkazilgan viktorinada kafedra katta o‘qituvchisi A.B.Axmedov jamoasi 2-o‘rinni, "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovining final bosqichida kafedra xodimlari rahbarligida 3-kurs jamoasi 2-o‘rinni egallagan. 

KONFERENSIYALAR

 TASHAKKURNOMALAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga binoan 2001 yilda binoan kafedra dotsenti B.T.Akramxodjaev "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 10 yil" esdalik nishoni bilan, 2006 yilda kafedra o‘qituvchisi Z.M.Mirzaahmedov "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15 yil" esdalik nishoni bilan, 2013 yilda kafedra o‘qituvchisi A.N.Mirzaev "Jasorat" medali bilan, 2017 yilda kafedra katta o‘qituvchi A.B.Axmmedov "O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishonlari bilan taqdirlanganlar.