Yong‘in o‘chirish texnikasi fanlari kafedrasi

YONG‘IN O‘CHIRISH TAKTIKASI FANLARI KAFEDRASI

Tishabaev Alisher Yuldashevich  – kafedra boshlig‘i, podpolkovnik

KAFEDRA YO‘NALISHI

Kafedraning maqsadi – yong‘inni o‘chirish uchun talab qilinadigan kuch/vositalarni hisoblash va boshqarishga, yong‘inni o‘chirish ishlariga rahbarlik qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan amalga oshiriladigan jangovar harakatlar ketma-ketligi hamda yong‘inni keng maydonga tarqalib ketishining oldini olish uchun hal qiluvchi yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlash, shuningdek, fuqaro muhofazasini tashkil qilish, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir ixtisoslik fanlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat.

KAFEDRANING VAZIFASI:

OLIY TA’LIM DOIRASIDA:

«Yong‘in xavfsizligi» mutaxassisligi bo‘yicha kursantlarga

  • yong‘inlarni o‘chirish va ularning samarali bartaraf etilishini tashkillashtirish;
  • yong‘in xavfsizligi tizimida yong‘inlarni o‘chirishning yangi tizimlarini hamda zamonaviy texnik vositalarni qo‘llash va mavjudlarini takomillashtirish;
  • favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va yuz berganda xabar berish va axborot uzatish;
  • talafot o‘chog‘idagi yong‘in, radiatsion va muhandislik holatini baholash va oldindan taxminlash;
  • aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tibbiy ta’minlash;
  • yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining jangovar harakatlarini amalga oshirish;
  • yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining taktik imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
  • yong‘inni o‘chirishda talab etiladigan kuch va vositalarni oldindan taxminlash ishlarini amalga oshirish;
  • yong‘in xavfsizligi garnizonida katta va murakkab yong‘inlarni o‘chirish tayanch maskanlari faoliyatini samarali tashkil etish va bunda yong‘in xavfsizligi garnizonining tezkor hujjatlaridan to‘la qonli foydalanishni tashkillashtirish;
  • yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining yong‘in-taktik va ruhiy tayyorgarligini muntazam oshirib borish;
  • xizmat faoliyati va ish yuritish jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan maxfiylik tartiboti talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;
  • yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlarini zamonaviy talablar asosida tayyorlash va o‘tkazish;
  • «Yong‘in xavfsizligi» mutaxassisligi bo‘yicha maxsus bilimlarini, kasb faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirishga zamin yaratish.

«Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisligi bo‘yicha

kursantlarda:

  • aholi va atrof muhitni xavflardan himoya qilish vositalari va uslublari;
  • yong‘in bilan bog‘liq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarda aholi va moddiy boyliklarni qutqarish uslublari, kuch va vositalari;
  • inson va inson faoliyati bilan bog‘liq xavf-xatarlar;
  • avariya, halokat, tabiiy ofatlarning oqibatlaridan korxona xodimlari va aholini himoya qilishning asosiy metodlariga ega bo‘lish va tayyor bo‘lish;
  • yuqori texnogen va yong‘in xavfi bor hududlarni aniqlash;
  • texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlardan hududlarni himoyalash bo‘yicha, qutqarish vositalarini va tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • korxona va muassasalarda hamda aholi turar sektorlarida sodir bo‘lgan yong‘inlar bilan bog‘liq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
  • yong‘inlar bilan bog‘liq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘nikma va uquvlarni shakllantirishga zamin yaratish.

 

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari bo‘yicha tinglovchilarda:

  • turli maskanlarni (turar joy, jamoat, sanoat binolari) loyihalashda va ularni qurishda respublikada amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarning mehnat muhofazasiga taalluqli talablarini bajarilganligini nazorat qilishni bilish;
  • yong‘in o‘chirishning taktik usullari va texnik asbob-anjomlarini yanada takomillashtirish, bu boradagi islohotlar natijalari hamda istiqbollari, yong‘inlarni samarali o‘chirilishini tashkillashtirish haqidagi ta’limotlar;
  • sodir bo‘lgan yong‘inlar yuzasidan yong‘in-texnik ekspertizasini tayinlash va o‘tkazishning asosiy prinsiplarini bilishi va bajara olish;
  • yong‘inlar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni tasniflay olish;
  • asosiy va maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillarining mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalashmagan qurilmalari bilan ishlash;
  • yong‘in bilan bog‘liq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslarini, aholi va hududlarni ulardan muhofaza qilish, talofat o‘chog‘idagi yong‘inlar, yong‘in, radiatsion va muhandislik holatini baholash va oldindan prognoz qilish, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirishni bilish yuzasidan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga zamin yaratish.

OLIY O‘QUV YuRTIDAN KEYINGI TA’LIM DOIRASIDA:

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish.

KADRLAR MALAKASINI OShIRISh VA ULARNI QAYTA TAYYoRLASh DOIRASIDA:

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining kasbiy darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, sohaga oid nazariy bilimlar hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijalari, texnologik taraqqiyot va yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek, yong‘inlarning oldini olishni tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni tinglovchilarga chuqur o‘rgatish;

davlat ahamiyatiga molik o‘ta muhim yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar, maxsus tarmoqlar, tadbirkorlik sub’ektlari hamda vazirlik va tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlarini o‘rnatilgan tartibda yong‘in xavfsizligi asoslariga o‘qitish.

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYaTI DOIRASIDA:

yong‘in va texnosfera xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning natijalarini ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiya qilgan holda amaliyotga tatbiq etish, jumladan:

  • mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda yangi avlod texnikalaridan samarali foydalanishni joriy qilish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilim, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta’minlash;
  • internet tarmog‘ida yong‘in xavfsizligiga oid eng yangi ilmiy yutuq va ishlanmalar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda izlash, topish va ulardan samarali foydalanish;
  • respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ilmiy yondashuv orqali yong‘inlarni o‘chirishning yangi texnik vositalar hamda asbob-anjomlaridan unumli foydalangan holda qo‘llash va amaliy tadqiqotlar olib borish;
  • respublikada yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishning huquqiy va texnik-tashkiliy masalalarini ishlab chiqish hamda yong‘in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat chora-tadbirlar belgilangan me’yoriy hujjatlarning yangi avlodini ishlab chiqishda amaliy yordam berish;
  • kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi ishini tashkil etish, kursant/tinglovchilarni fan yutuqlari, ilmiy ishlanmalar, maxsus va boshqa adabiyotlar bilan ishlashini, muammo va kamchiliklar ustida muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash;
  • ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

  • «Yong‘in o‘chirish taktikasi» (YoO‘T);
  • «Yong‘inga qarshi suv ta’minoti» (YoQST);
  • «Fuqarolar muhofazasining yong‘in xavfsizligi xizmati» (FMYoXX);
  • «Birinchi tibbiy yordam» (BTYo);
  • «Xizmat va unga tayyorgarlikni tashkil etish» (XTTE);
  • «Yong‘in xavfsizligi xizmatida aloqa» (YoXXA);
  • «Aholini favqulodda vaziyatlardan himoyalash» (AFVX);
  • «Aloqa va xabarlov tizimlari» (AXT);
  • «Texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar va ulardan muhofaza qilish» (TXFVUMQ);
  • «Fuqaro muhofazasini tashkil qilish» (FMTQ);
  • «Fuqaro muhofazasi yong‘in xavfsizligi xizmati ishlarini tashkil qilish» (FMYoXXITQ);
  • «Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish» (AXFVMQ).

KAFEDRA FAOLIYATI

TA’LIM

Yong‘in o‘chirish taktikasi fanlari kafedrasi Institutning ixtisoslik fanlarini o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan ixtisoslik fanlaridan oliy ta’lim doirasida «Yong‘in xavfsizligi» va «Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlar, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslarida tinglovchilar, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash doirasida Respublika Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari va ob’ektlarning rahbari hamda injener-texnik xodimlari bilan ma’ruza, amaliy (maskan) va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi. Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi. Ishchi dasturlarga muvofiq aholi yashash uylari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa maskanlarda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan maskan mashg‘ulotlari uchun alohida dars soatlari ajratilgan.

ILM-FAN

Kafedrada o‘z xizmat faoliyati davomida ilmiy salohiyat va yuqori tajribaga ega bo‘lgan xodimi texnika fanlar nomzodi dotsent H.A.Qurbonov bugungi kunda samarali faoliyat yuritib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning «Sanoat, ishlab chiqarish va xalq xo‘jaligi maskanlarida yong‘in o‘chirishning yangi usullarini ishlab chiqish» nomli bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda.

Shu qatorda, bosh ilmiy mavzu yuzasidan Rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari tinglovchilari va kunduzgi ta’lim kursantlari tomonidan ham bitiruv malakaviy ishlari bajarilmoqda. Unda asosiy e’tibor, «Sanoat, ishlab chiqarish va xalq xo‘jaligi maskanlarida yong‘in o‘chirishning yangi usullarini ishlab chiqish zamonaviy va innovatsion uslublar bilan ta’minlashga qaratilmoqda. Bajarilayotgan diplom ishlari amaliyot mutahassislari tomonidan ham yuqori bahoga baholanmoqda.

Kafedra o‘qituvchisi katta leytenant M.R.Boyxurozov «Yong‘in xavfsizligini taminlashda, aloqa lokatsiya va navigatsiya vositalarining qo‘llanilishi» nomli tadqiqot mavzusi hamda o‘qituvchi leytenant X.A.Nishanbaev «Daryo o‘zani va qayiridagi deformatsion jarayonlar jadalligiga gidravlik qarshilikning ta’siri» nomli tadqiqot mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini tayyorlash ustida ish olib bormoqda.

AMALIYOT

Institutda joriy etilgan malakaviy amaliyot dasturiga asosan kafedra zimmasiga 4-kurs kursantlariga «Tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i» hamda «Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qism boshlig‘i o‘rinbosari» lavozimlarida amaliyot o‘tashlarini tashkillashtirish vazifasi yuklatilgan. Mazkur dasturga asosan har yili amaliyot ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichi Institut O‘quv yong‘in o‘chirish qismida «Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi boshlig‘i o‘rinbosari» lavozimida hamda 2-bosqichi jamlovchi idoralar, ya’ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YoXB, Toshkent shahar IIBB YoXB hamda viloyatlar IIB YoXBlarda «Tuman yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i» hamda «Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qism boshlig‘i o‘rinbosari» lavozimlarida tashkil qilinadi.

Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi kursantlar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni amaliyot bilan bog‘liq holda olib borishni ta’minlash, chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularning yong‘in bilan bog‘liq real va keskin vaziyatlar uchun ruhiy va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash, qat’iy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini, kelgusida tayinlanadigan lavozimlar bo‘yicha kasbiy mahorat hamda amaliy ish ko‘nikmalarini hosil qilish, yuksak kasbiy tayyorgarligini, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy va jismoniy mehnatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirishdan iborat.

TURDOSh OLIY TA’LIM MUASSASALARI, TAShKILOT VA MUASSASALAR BILAN HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida, quyidagi turdosh Oliy ta’lim muassasalari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan:

  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti;
  • O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB «Harbiy safarbarlik bo‘limi»;
  • O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB «Xizmat va kasbiy tayyorgarlikni tashkil etish bo‘limi»;
  • O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB «Yong‘in o‘chirish kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markazi».

Bundan tashqari, Toshkent shahri va viloyatida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kafedra fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni maskanlarda o‘tkazish bo‘yicha aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan:

  • «G‘alla Alteg» OAJ korxonasi;
  • «Qorasuv paxta tozalash» zavodi;
  • «ALFA GROUP» tekstil korxonasi, «BIOKIMYo» OAJ;
  • «Toshkent lok-buyoq zavodi» OAJ QK;
  • «Uzkabel» zavodi;
  • «Toshkentdonmahsulot» korxonasi;
  • «UZTEXTOSHKENT» MChJ QK;
  • AJ QK «Mebel» korxonasi;
  • «EAST-COLOR» MChJ;
  • «Tolip-tayanch» XK;
  • «Meridian-Osiyo» MChJ;
  • «Turkiston» san’at saroyi;
  • «Toshkent yog‘-moy kombinati» OAJ;
  • «Toshkent-tola» Mintaqaviy paxta terminali;
  • «Toshkent Issiqlik elektrostansiyasi»;
  • «Kuchlik neft ombori» AJ.

Shuningdek 2018-2019 o‘quv yili davomida kafedra xodimlari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi;

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq Respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi doirasida Sergeli tumanida joylashgan 55-sonli umumiy ta’lim maktabida «Azamat yigitlar» mavzusida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Sergeli tumani Vatanparvar tashkiloti bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutida ta’lim olayotgan kursantlarga xizmat faoliyatida nazariya va amaliyotning uyg‘unligini o‘rgatish maqsadida “Xizmat va tayyorgarlikni tashkil etish” fanidan ma’ruza mashg‘uloti Vazirlik KBB MTB katta inspektori podpolkovnik Soxib Kazimov ishtirokida tashkil etildi. Mashg‘ulotda kursantlarga Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati tuzilmasi, KBB faoliyati, xizmat, jangovor, jismoniy va ahloqiy – psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotalari haqida keng va batafsil tushunchalar berildi.

3. O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutida ta’lim olayotgan kursantlarni kelajakdagi xizmat faoliyati jarayonlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan tasodifiy vaziyatlarga ruhiy jihatdan tayyorlash va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida 4- va 5- kurs kursantlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Ibn Sino nomidagi 1–son shahar klinik shifoxonasi “Kombustiologiya” bo‘limi shifokorlari bilan birgalikda sayyor o‘quv amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq Respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida IIV Yong‘in xavfsizligi instituti 1 – bosqich kursantlari bilan Qayum Zoirov nomidagi Sog‘liqni saqlash muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. 

5. Fuqarolarimizning tinch va osuda xayot kechirishlari va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, xususan «Is gazidan zaharlanishlarni oldini olish va is gazidan zaharlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish» mavzusida Sergeli tumanida joylashgan Toshkent Moliya va iqtisodiyot kollejida Yong‘in xavsizligi instituti «Yong‘in o‘chirish taktikasi fanlari» kafedrasi o‘qituvchilari podpolkovnik B.A.Xadjieva, katta leytenant M.R.Boyxurozovlar ishtirokida 90 nafar o‘quvchilar bilan davra suhbati  o‘tkazildi.

MALAKA OSHIRISH

Kafedrada Institutning malaka oshirish va stajirovka o‘tash rejalari asosida yosh o‘qituvchilarning amaliy idoralarda stajirovka o‘tashlari hamda tajribali pedagog xodimlarning tegishli Oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishlari yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi yillar davomida kafedraning 3 nafar xodimlari stajirovka o‘tagan va 4 nafari O‘zbekiston Respublikasi OvaO‘MTVning Bosh ilmiy metodik markazida hamda boshqa Oliy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli malaka oshirganlar.

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

NASHRLAR

Kafedrada olib borilayotgan uslubiy va ilmiy ishlarning natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, fanlarni yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash hamda o‘quv-uslubiy materiallarni muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadida 2017 yilda A.H.Qo‘ldoshev, E.E.Sabirov va S.S.Sultonovlar hammuallifligi ostida «Yong‘in o‘chirish taktikasi» darsligi nashr etildi.

Shuningdek, 2018 yil davomida M.R.Boyxurozovning «Birinchi tibbiy yordam fanidan», «Yong‘in xavfsizligi xizmatida aloqa tizimlari», E.E.Sabirovning «Fuqaro muhofazasining yong‘in xavfsizligi», X.A.Nishanbaev va E.E.Sabirovlarning hammualliflikda «Yong‘inga qarshi suv ta’minoti» fanlaridan ma’ruza matnlar to‘plamlari va X.A.Kurbonovning «Yong‘inga qarshi suv ta’minoti» fanidan uslubiy qo‘llanmasi nashr etildi.

TANLOVLAR

O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili va Toshkent shahridagi Halqaro Vestminster Universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Innovatsion tadqiqotlar Milliy tanlovida L.A.Kamolov, Xarakatlar strategiyasining «Qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilish» yo‘nalishidagi «Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi: huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik masalalari» nomli loyihasi bilan qatnashib g‘olib bo‘lgan.