Qurilishda yong‘in xavfsizligi kafedrasi

Qurilishda yong‘in xavfsizligi kafedrasi

Yusupov Ravshanbek Sapashevich – kafedra boshlig‘i, podpolkovnik.

KAFEDRA YO‘NALISHI

Kafedraning maqsadi me’yoriy hujjatlarga asoslangan holda bino va inshootlarning loyiha hujjatlarini ekspertizasi, qurilishda yong‘in xavfsizligi, qurilish materiallari, bino va inshootlar, yong‘inlarni surishtirish va ekspertizasi yo‘nalishiga doir ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning vazifasi:

OLIY TA’LIM DOIRASIDA:

«Yong‘in xavfsizligi» mutaxassisligi bo‘yicha kursantlarda

·          yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘inlarning oldini olish sohasida erishilgan yutuqlar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi;

·          yong‘inlar profilaktikasi tizimining shakllanishi, bu sohadagi islohotlar natijalari va istiqbollari, yong‘inlar profilaktikasi haqidagi ta’limotlar;

·          yong‘inlarning oldini olish xizmatini hamda unda faoliyat olib borayotgan sohaviy xizmatlar, jamoat tuzulmalari bilan hamkorlikni tashkil etish;

·          yangi qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) bino va inshootlarning respublikada amalda bo‘lgan shaharsozlik norma va qoidalari hamda boshqa qurilish me’yorlarining yong‘inga qarshi talablariga muvofiqligini tekshirish tartiblarini o‘zlashtirishini ta’minlash;

·          yangi qurilayotgan bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi holatini kompleks tekshirish asoslarini bilish va unda ishtirok eta olish;

·          qurilish materiallarini ishlatish sohalari va ularning yong‘in xavfini pasaytirish bo‘yicha texnik echimlarni qabul qilish;

·          texnologik jihozlarning ichidagi yonuvchi muhitni aniqlash hisobini o‘tkazish va xona hajmidagi yonuvchi muhitni baholash;

·          ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan modda va materiallarning yong‘in xavfi ko‘rsatkichlarini aniqlay olish;

·          ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan modda va materiallarning yong‘in xavfi ko‘rsatkichlarini aniqlay olish bo‘yicha chuqur bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va o‘quvlarini shakllantirishga zamin yaratish.

 

«Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisligi bo‘yicha kursantlarda

·       texnosfera xavfsizligini ta’minlash sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish;

·       yangi qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) bino va inshootlarning respublikada amalda bo‘lgan shaharsozlik norma va qoidalari hamda boshqa qurilish me’yorlarining yong‘inga qarshi talablariga muvofiqligini tekshirish tartiblarini o‘zlashtirishini ta’minlash;

·       qurilish materiallarini ishlatish sohalari va ularning yong‘in xavfini pasaytirish bo‘yicha texnik echimlarni qabul qilish;

·       yong‘inlar bilan bog‘liq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini tashkil etish ko‘nikmalarini hosil qilish;

·       yong‘in bilan bog‘liq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarda insonlarni evakuatsiya qilish jarayonini, evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylariga qo‘yiladigan talablar haqidagi bilimlarni shakllantirish;

·       ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan modda va materiallarning yong‘in xavfi ko‘rsatkichlarini aniqlay olish bo‘yicha chuqur bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va o‘quvlarini shakllantirishga zamin yaratish. 

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari bo‘yicha tinglovchilarda

·       bino va inshootlarni loyihalashda va ularni qurishda respublikada amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarning mehnat muhofazasiga taalluqli talablarini bajarilganligini nazorat qilishni bilishiga;

·       bino va inshootlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar yuzasidan yong‘in-texnik ekspertizasini tayinlash va o‘tkazishning asosiy prinsiplarini bilishi va bajara olishini;

·       yangi qurilayotgan bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi holatini kompleks tekshirish asoslarini bilish va unda ishtirok eta olish;

·       yangi qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) bino va inshootlarning respublikada amalda bo‘lgan shaharsozlik norma va qoidalari hamda boshqa qurilish me’yorlarining yong‘inga qarshi talablariga muvofiqligini tekshirish tartiblarini o‘zlashtirishini ta’minlash;

·       qurilish materiallarini ishlatish sohalari va ularning yong‘in xavfini pasaytirish bo‘yicha texnik echimlarni qabul qilish;

·       sodir bo‘lgan yong‘inlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarining materiallari bilan ishlay olish va yong‘inlar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni tasniflay olishni;

·       yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etishni;

·       yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish, yong‘inlar va texnogen xarakterdagi favqulodda holatlarning oldini olish borasida profilaktika ishlarini talab darajasida amalga oshirishni;

·       yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo‘lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa ob’ektlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko‘rib chiqish va ko‘rib chiqish ko‘nikmalarini hosil qilish;

·       yong‘in bilan bog‘liq va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarda jamoat binolaridagi ishchi-xizmatchilarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish jarayonini, evakuatsiya yo‘llari va chiqish joylariga qo‘yiladigan talablar haqidagi bilimlarni shakllantirish. 

OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM DOIRASIDA:

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish. 

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA TAYYORLASH DOIRASIDA:

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarining kasbiy darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, sohaga oid nazariy bilimlar hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijalari, zamonaviy qurilish materiallari va yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek, yong‘inlarning oldini olishni tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so‘nggi yutuqlarni tinglovchilarga chuqur o‘rgatish;

davlat ahamiyatiga molik o‘ta muhim yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar, maxsus tarmoqlar, tadbirkorlik sub’ektlari hamda vazirlik va tashkilotlarning muhandis-texnik xodimlarini o‘rnatilgan tartibda yong‘in xavfsizligi asoslariga o‘qitish. 

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI DOIRASIDA:

ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, yong‘in va texnosfera xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning natijalarini ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiya qilgan holda amaliyotga tatbiq etish, jumladan:

·          mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilim, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta’minlash;

·          tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanishlar olib borish;

·          ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda yangi ilmiy va amaliy natijalar olish, ularni ishlash va baholash;

·          internet tarmog‘ida yong‘in xavfsizligiga oid eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda izlash, topish va ulardan samarali foydalanish;

·          yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘chirishga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot yutuqlarini o‘rganish;

·          yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va dolzarb masalalar echimiga qaratilgan ilmiy izlanishlarni bajarishda bevosita ishtirok etish;

·          respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ilmiy yondashuv orqali yong‘inlarning oldini olishning yangicha metodlari va vositalarini yaratish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;

·          yong‘in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etish;

·          kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi ishini tashkil etish, kursant/tinglovchilarni fan yutuqlari, ilmiy ishlanmalar, maxsus va boshqa adabiyotlar bilan ishlashini, muammo va kamchiliklar ustida muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash;

·          ilmiy-tadqiqot natijalarini va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish. 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

·       Qurilish materiallari, binolar, inshootlar va ularning yong‘inga bardoshliligi (QMBIvaUYOB);

·       Binolar, inshootlar va ularning favqulodda vaziyatlarda bardoshliligi (BIvaUFVB);

·       Qurilishda yong‘in xavfsizligi (QYOX);

·       Yong‘in surishtiruvi va ekspertizasi (YOSvaE);

·       Amaliyot asoslari (AA). 

KAFEDRA FAOLIYATI

TA’LIM

QYOX kafedrasi Institutning ixtisoslik fanlarni o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan ixtisoslik fanlaridan oliy ta’lim doirasida «Yong‘in xavfsizligi» va «Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlar, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslarida tinglovchilar, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash doirasida Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xodimlari va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik va yong‘in-portlash xavfi yuqori ob’ektlarning rahbar va injener-texnik xodimlari bilan ma’ruza, amaliy (maskan) va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi. Ishchi dasturlarga muvofiq bevosita yangi qurilayotgan ob’ektlarda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan maskan mashg‘ulotlari uchun alohida dars soatlari ajratilgan. 

ILM-FAN

Kafedraning «Polimer va sellyuloza asosidagi qurilish materiallarining yonuvchanligi va zaharliligi darajalarini pasaytirish muammolari» nomli Bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida bosh ilmiy-mavzuga doir har yili 10 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabob maqolalar respublika miqyosidagi jurnallarida chop etib borilmoqda.

Jumladan: 2018-2019 yillarda Respublika va jahon miqyosidagi gazeta, jurnal hamda konferensiyalarda, “Yong‘in xavfsizligi” ixtisoslashtirilgan amaliy ilmiy-texnikaviy hamda institutning “Yong‘in-portlash” ilmiy-texnik jurnallarida chop etilgan maqolalar bo‘yicha.

“Yong‘in-portlash” ilmiy-texnik jurnalida 2018 yilda o‘qituvchi  Q.X.Yakubovning “Mahalliy xom-ashyolar asosida issiqlikga bardosh qiyin yonuvchi tarkiblar olish usuli” nomli maqolasi chop ettirilgan.

“Yong‘in xavfsizligi” ixtisoslashtirilgan amaliy ilmiy-texnikaviy jurnalining 2018 yilda o‘qituvchi A.V.Lityaganing “Yong‘in-texnik ekspertizasini o‘tkazish tartibi”, o‘qituvchi Z.R.Ilashovning “Shahar va qishloq aholi punktlarining seliteb zonasini qurilishining prinsiplar” to‘g‘risida, 2019 yilda o‘qituvchi M.Sh.Karimovning “Maxalliy shamollatish tizimlarining dolzarbligi va ahamiyati”, o‘qituvchi Q.X.Yakubovning “Temir-beton konstruksiyalarni yong‘in sharoitidagi holatiga ta’sir etadigan omillar” nomli maqolalar chop ettirilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika va jahon miqyosidagi gazeta, jurnal, konferensiya va saytlartlarda 50 dan ortiq  maqolalar chop ettirilgan.

Institutning veb-saytida 2019 yilda o‘qituvchi A.V.Lityaga va Z.R.Ilashovlarning “Olov ham do‘stimiz – ham dushmanimiz” o‘qituvchi A.V.lityaga va M.A.Madaminovlarning “Mening orzuyimdagi kasb”, “Kursantlarning dam olish kunlari sermazmun o‘tmoqda”, “Dolzarb muammo kursantlar nigohida”, “Himoyalovchi kompozitsion materiallar”, “Amaliyot bilan uyg‘un ravishda dars mashhulotlari olib borilmoqda” nomli hamda Institutda o‘tkazilgan “Hayotiy faoliyatni xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuv, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar” mavzusidagi 1 respublika yosh olimlar konferensiyasida o‘qituvchi Z.R.Ilashovning “Ishlab chiqarish binolarining portlashdagi himoyasini oshirish usullari”, o‘qituvchi M.A.Madaminovning “Yong‘in bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga innovatsion yondashuv”, o‘qituvchi O.U.Yalgashevning “Texnogen ta’sirlar tufayli sodir bo‘ladigan shikastlanish va avariya holatlari” nomli maqolalari chop etildi.

Qurilishda yong‘in xavfsizligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Lityaga Artyom Valer’evichning “Silikat kompozitsiyalari bilan modifikatsiyalangan, qiyin yonuvchan poliolefinlarni ishlab chiqish” hamda kafedra o‘qituvchisi YAkubov Qodirjon Husanboevichning “Tarkibida sellyuloza tutgan, mahalliy xom-ashyolar asosida tayyorlangan qurilish materiallarini yong‘indan xavfliligini kamaytirish” nomli mavzulari 2019 yilning fevral oyida Oliy attestatsiya komissiyasi byulletenida, e’lon qilingan va ushbu mavzularda mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Shu qatorda, bosh ilmiy mavzu yuzasidan Rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari tinglovchilari va kunduzgi ta’lim kursantlari tomonidan ham bitiruv malakaviy ishlari bajarilmoqda. Unda asosiy e’tibor bino-inshootlarning qurilish qismi, muhandislik jihozlarining ekspertizasi va yong‘inga qarshi muhofazasi, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni surishtirish ishlarini takomillashtirish qaratilmoqda. Bajarilayotgan diplom ishlari amaliyot mutaxassislari tomonidan ham yuqori bahoga baholanmoqda. 

AMALIYOT

Institutda joriy etilgan malakaviy amaliyot dasturiga asosan kafedra zimmasiga 2-kurs kursantlariga «Ekipaj komandiri» va «Kichik inspektor» lavozimlarida amaliyot o‘tashlarini tashkillashtirish vazifasi yuklatilgan. Mazkur dasturga asosan har yili amaliyot ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichi Institut O‘quv yong‘in o‘chirish qismida «Ekipaj komandiri» lavozimida hamda    2-bosqichi Toshkent shahar IIBB YOXB Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismlarida «Ekipaj komandiri» va «Kichik inspektori» lavozimlarida tashkil qilinadi.

Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi kursantlar tomonidan nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni amaliyot bilan bog‘liq holda olib borishni ta’minlash, chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularning yong‘in bilan bog‘liq real va keskin vaziyatlar uchun ruhiy va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash, qat’iy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini, kelgusida tayinlanadigan lavozimlar bo‘yicha kasbiy mahorat hamda amaliy ish ko‘nikmalarini hosil qilish, yuksak kasbiy tayyorgarligini, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy va jismoniy mehnatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirishdan iborat.

 TURDOSH OLIY TA’LIM MUASSASALARI, TASHKILOT VA MUASSASALAR BILAN HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh OTMlari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

Toshkent Kimyo texnologiya instituti;

O‘zbekiston Respublikasi X.Sulaymonova Sud ekspertiza markazi;

O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti;

Toshkent Arxitektura qurilish instituti;

Toshkent irrigatsiya va qishioq ho‘jaligini mehanizatsiyalashtirish instituti.

Shuningdek, respublikamizda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari, loyihalash tashkilotlari hamda aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar bilan ham aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kafedra fanlaridan mashg‘ulotlarni maskanlarda o‘tkazish maqsadida «Toshkentdonmahsulot» korxonasi, «Hotel «Uzbekistan» MCHJ, «HAYAT REGENCY TASHKENT» mexmonxonasi, «TOSHKENTBOSH PLANLITI» loyihalash instituti, «Alisher Navoiy» nomidagi davlat akademik katta teatri, «Bunyodkor» stadioni, «Halqlar Do‘stliqi» san’at saroyi kabi bir qator yirik korxonalar bilan ham hamkorlik ishlari olib borilmoqda. 

STAJIROVKA VA MALAKA OSHIRISH

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish tizimli ravishda amalga oshiriladi.

Kafedraning 5 nafar xodimlari turdosh OTM va YOXBBda stajirovka o‘taganlar, 2 nafari Toshkent Davlat Pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirganlar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 27 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoni samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 217-sonli farmoyishiga asosan, Institutda nazariy ta’limni amaliyot bilan samarali integratsiyasini ta’minlash hamda kursantlarni yong‘in xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar va muammolar bilan yaqindan tanishtirish va tajriba almashish maqsadida, qurilishda yong‘in xavfsizligi kafedrasi o‘qituvchisi M.Sh.Karimovning, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining “Normativ texnik” bo‘limida  va Institutining      2019 yil 15 yanvar kunidagi Institut “Qurilishda yong‘in xavfsizligi” kafedrasining 2019-2021 yillarda o‘quv jarayoni, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari, oliy o‘quv yurtlari (shu jumladan, xorijiy oliy o‘quv yurtlari)ning turdosh kafedralari va ilmiy-tadqiqot institutlari (markazlari) bilan hamkorlikni mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar, kadrlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha yo‘l xaritasiga asosan kafedra o‘qituvchisi M.A.Madaminovning, Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari-mexanika” kafedrasida amaliyot o‘tishlari ta’minlandi. 

KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI

NASHRLAR

Kafedrada olib borilayotgan uslubiy va ilmiy ishlarning natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, fanlarni yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash hamda o‘quv-uslubiy materiallarni muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadida so‘nggi yillar davomida bir qator yangi darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda tayyorlanib nashr etilgan, jumladan:

2010 yilda «Bino inshootlar va ularning yong‘inga bardoshliligi» darsligi;

2017 yilda «Qurilishda yong‘in xavfsizligi» va «Yong‘in surishtiruvi va ekspertizasi» darsliklari.

2019 yilda «Yong‘inni tergovga qadar tekshiruvi va ekspertizasi» fanidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tish uchun uslubiy qo‘llanmalar.

Bugungi kunga kelib kafedraning QYOX, QMBIvaUYOB, YOSvaE va Amaliyot asoslari fanlari to‘liq o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlangan.

Kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda mavjudlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan:

2016 yilda «Yong‘in xavfsizligi xizmatiga oid» («Yangi qurilayotgan, rekonstruksiya va qayta jihozlanayotgan maskanlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi) me’yoriy hujjatlar to‘plami.