Umumkasbiy fanlar kafedrasi

UMUMKASBIY FANLAR KAFEDRASI

Siddiqov Ikromjon Iminjonovich – kafedra boshlig‘i, podpolkovnik, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

KAFEDRA YO‘NALIShI

Kafedraning maqsadi – kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va uquvlarni shakllantirish.

Kafedraning vazifasi:

OLIY TA’LIM DOIRASIDA

«Yong‘in xavfsizligi» mutaxassisligi bo‘yicha kursantlarda

  • matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan ixtisoslik fanlar o‘rtasida ilmiy va nazariy bog‘liqlikni ta’minlashi;
  • ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishi;
  • bino va inshootlarga oid barcha chizmalarni ijodiy yondashgan mustaqil xolda chizish va o‘qiy olish, qurilish chizmalariga oid barcha turdagi davlat standartlari va konstruktorlik hujjatlaridan mustaqil foydalanishi;
  • kasbiy faoliyat doirasida chizma hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llashni;
  • inson va atrof-muhitni xavflardan himoya qilish tizimlari va mexanizmini asoslangan holda tanlashi;
  • aloqa  va avtomatik boshqaruv tizimlarini nazorat uslub va usullarini bilishi;
  • yong‘inlarda issiqlik almashinuv jarayonlarini;
  • suyuq moddalarning turg‘un holat va harakatdagi qonuniyatlari, ulardan amaliy foydalanish uslublarini;
  • yong‘inga chidamli materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi va qo‘llanish sohalarini;
  • sohada menejment/boshqaruv tizimining asoslari, boshqaruv bo‘yicha ilg‘or chet el tajribalaridan unumli foydalanishni;
  • kasbiy faoliyatining moliya va xo‘jalik ta’minoti asoslarini, kasbiy faoliyat tizimlarida moliya va xo‘jalik faoliyatining tashkillashtiruvchi me’yoriy hujjatlarning talablarini;
  • kasbiy faoliyat tizimlarida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini, kasbiy faoliyat tizimlari uchun xarajatlarning iqtisodiy unumdorligini aniqlash yo‘llarini, yong‘in xavfsizligi tizimlarida davlat iqtisodiy faoliyatining asoslarini;
  • asosiy va o‘zgaruvchan fondlar elementlarini baholash, kasbiy faoliyatda smeta elementlarini va umumiy smetasini aniqlash, shuningdek, umumkasbiy yo‘nalishdagi  chuqur bilimlarni, kasbiy faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishga zamin yaratish.

«Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisligi bo‘yicha kursantlarda

  • matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan ixtisoslik fanlar o‘rtasida ilmiy va nazariy bog‘liqlikni ta’minlashi;
  • ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishi;
  • chizma va sxemalarda tasvirlangan buyum va ob’ektlar haqida fazoviy tasavvurlar layoqatini o‘stirish, chizma va boshqa grafik materiallarni chizish va o‘qiy olish;
  • tabiiy xavfli jarayonlardan himoyalanish tizimlari va mexanizmini asoslangan holda tanlashi;
  • kasbiy faoliyat doirasida chizma hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llashni;
  • inson va atrof-muhitni xavflardan himoya qilish tizimlari va mexanizmini asoslangan holda tanlashi;
  • aloqa  va avtomatik boshqaruv tizimlarini nazorat uslub va usullarini bilishi;
  • yong‘inlarda issiqlik almashinuv jarayonlarini;
  • suyuq moddalarning turg‘un holat va harakatdagi qonuniyatlari, ulardan amaliy foydalanish uslublarini;
  • yong‘inga chidamli materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi va qo‘llanish sohalarini;
  • sohada menejment/boshqaruv tizimining asoslari, boshqaruv bo‘yicha ilg‘or chet el tajribalaridan unumli foydalanishni;
  • kasbiy faoliyatining moliya va xo‘jalik ta’minoti asoslarini, kasbiy faoliyat tizimlarida moliya va xo‘jalik faoliyatining tashkillashtiruvchi me’yoriy hujjatlarning talablarini;
  • kasbiy faoliyat tizimlarida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini, kasbiy faoliyat tizimlari uchun xarajatlarning iqtisodiy unumdorligini aniqlash yo‘llarini, yong‘in xavfsizligi tizimlarida davlat iqtisodiy faoliyatining asoslarini;
  • asosiy va o‘zgaruvchan fondlar elementlarini baholash, kasbiy faoliyatda smeta elementlarini va umumiy smetasini aniqlash, shuningdek, umumkasbiy yo‘nalishdagi  chuqur bilimlarni, kasbiy faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishga zamin yaratish.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari bo‘yicha tinglovchilarda

mutaxassislik bo‘yicha raqobatlasha oladigan darajada umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishni;

yong‘in xavfsizligi xizmatining moliya va xo‘jalik faoliyatini tashkil etishni shakllantirish.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim doirasida:

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati doirasida

  • sohada import ulushini kamaytirish va mahalliylashtirish dasturini bajarilishini ta’minlash maqsadida mahalliy xom ashyolar asosida zamonaviy yong‘in-texnik ishlanma, vositalar va materiallarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
  • muhandislik va iqtisodiy sohalardagi faoliyatni tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha kasbga doir ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish;
  • ilmiy seminarlar, simpoziumlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar ishida ishtirok etish;
  • sohadagi aloqa  va avtomatik boshqaruv tizimlari, issiqlik almashinuv jarayonlarini e’tiborga olgan holda eng optimal yong‘inga qarshi oraliq masofalarni, shuningdek, suvsiz hududlarda yong‘inlar va ular bilan bog‘liq favqulodda holatlarni bartaraf etish uchun suv ta’minotidagi muammolar yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish va natijalarini umumiylashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish;
  • Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining talab etiladigan moddiy-texnika ta’minoti, yong‘inlardan keltiriladigan zararlarni (bevosita va bilvosita) miqdorini kamaytirish va yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan masalalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash borasida ilmiy izlanishlar olib borish;
  • yong‘in xavfsizligi masalalarini yechish uchun avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlarini qo‘llagan holda turli texnik tizim va texnologik jarayonlarni modellashtirish.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi (ChGvaMG);
  • Ekologiya;
  • Amaliy mexanika;
  • Issiqlik texnikasi;
  • Avtomatik boshqaruv tizimi va avtomatlashtirish (ABTvaA);
  • Materialshunoslik, konstruksion materiallar texnologiyasi (MKMT);
  • Mashina detallari (MD);
  • Gidravlika;
  • Yong‘in xavfsizligi iqtisodi (YoXI);
  • Menedjment;
  • Qurilish chizmachiligi (QCh);
  • Gidrogazodinamika;
  • Tabiiy xavfli jarayonlar (TXJ);
  • Texnosferada menejment va iqtisod (TMvaI);
  • Davlat yongin xavfsizligi xizmatining moliya va xo‘jalik faoliyatini tashkil etish (DYoXXMvaXFTE).

KAFEDRA FAOLIYaTI

TA’LIM

UKF kafedrasi Institutning umumkasbiy fanlarni o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan umumkasbiy fanlaridan oliy ta’lim doirasida «Yong‘in xavfsizligi» va «Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlar, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslarida tinglovchilar bilan ma’ruza, amaliy (maskan) va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi. Ishchi dasturlarga muvofiq bevosita yangi qurilayotgan ob’ektlarda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan maskan mashg‘ulotlari uchun alohida dars soatlari ajratilgan.

ILM-FAN

Kafedraning «Kafedra fanlarining o‘quv uslubiy ta’minoti» nomli Bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan kafedra fanlaridan 30 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan bo‘lib, hozirda ulardan dars jarayonida samarali foydalanilmoqda.

Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarining «TD-14. Seysmologiya, binolar va inshootlar seysmik xavfsizligi va qurilish» doirasida kafedra boshlig‘i t.f.n, dotsent I.I.Siddiqov «Mahalliy xom ashyolar asosida olingan antipirenlar yordamda yog‘och materiallarini yonuvchanlik darajasini pasaytirish» mavzusida, kafedra professori, t.f.n Sh.Atabaev «Mahalliy xom ashyo asosida qiyin yonuvchan yog‘och qirindili plitalar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqarish va hayotga tatbiq etish» mavzusida ilmiy izlanishlar olib borishgan va natijalarini amaliyotgan tatbiq etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Kafedra boshlig‘i I.I.Siddiqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkent arxitektura qurilish institutida tashkil etilgan «Energiya tejamkor qurilish materiallari» ilmiy tadqiqot laboratoriyasi huzurida tashkil qilingan ilmiy seminarning doimiy a’zosi hisoblanadi.

Bugungi kunda, me’yor ijodkorligi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Yakka tartibdagi turar joy uylari» yangi shaharsozlik norma va qoidalarini ishlab chiqish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu qatorda, kafedraning Bosh ilmiy mavzusi yuzasidan Rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari tinglovchilari va kunduzgi ta’lim kursantlari tomonidan ham bitiruv malakaviy ishlari bajarilmoqda. Unda asosiy e’tibor bino-inshootlarning qurilish qismi, muhandislik jihozlarining ekspertizasi va yong‘inga qarshi muhofazasi, yong‘in xavfsizligi xizmatining moliya va xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, kasbiy faoliyat tizimlarida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari va qurilish materiallarining yong‘in xavfini pasaytirishga oid masalalarga qaratilmoqda. Bajarilayotgan diplom ishlari amaliyot mutaxassislari tomonidan ham yuqori bahoga baholanmoqda.

 OLIY O‘QUV YuRTIDAN KEYINGI TA’LIM

Kafedra o‘qituvchisi mayor Q.M.Murtazaev «Suv sovitish qurilmalarida (gradirniya) issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini jadallashtirish texnologiyasini yaratish» mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 27.06.2017.T.03.03 Ilmiy Kengashda 2017 yil 30 noyabrda muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra o‘qituvchisi F.O.Xafizov 2018 yil yanvar oyidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi» kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi sifatida falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun «Matoli yong‘in o‘chirish yenglarini qovurg‘asini yaratish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

SAYYoR O‘QUV YIG‘INLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi «Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2991-sonli Qarori asosida Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan yilda bir marta respublikaning har bir hududida natijalari yuzasidan test sinovlari qabul qilinadigan va tegishli sertifikatlar beriladigan ob’ekt rahbarlarining kompleks o‘quv-amaliy yig‘inlarini tashkil qilinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahrida tashkil etilgan o‘quv yig‘inlarida, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruqlari asosida Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahri DYoXX yong‘inlar profilaktikasi va yong‘in o‘chirishni tashkil etish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ofitserlar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlash maqsadida tasdiqlangan reja asosida test sinovlaridan o‘tkazilishida ham faol ishtirok etdilar.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari DYoXX bo‘linmalari shaxsiy tarkibi bilan tashkil etilgan sayyor amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va yong‘in profilaktik-tushuntirish tadbirlarni amalga oshirishda doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

TURDOSh OLIY TA’LIM MUASSASALARI, TAShKILOT VA MUASSASALAR BILAN HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh OTMlari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

  • I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Boshqaruvda axborot texnologiyalari» va «Menejment» kafedralari;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Sanoat korxonalari iqtisodiyoti» kafedrasi;
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti «Qurilish materiallari va kimyo» va «Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi» kafedralari;
  • Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «Transport logistika va servis» kafedrasi;
  • X.Sulaymonova nomli respublika sud ekspertizasi markazi.

STAJIROVKA VA MALAKA OShIRIShI

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish tizimli ravishda amalga oshiriladi.

Kafedraning 3 nafar xodimlari turdosh OTM va YoXBBda stajirovka o‘taganlar, 1 nafari I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirgan.

KAFEDRA FAOLIYaTI NATIJALARI

NAShRLAR

Kafedrada olib borilayotgan uslubiy va ilmiy ishlarning natijalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, fanlarni yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash hamda o‘quv-uslubiy materiallarni muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadida so‘nggi yillar davomida bir qator yangi darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib nashr etilgan, jumladan:

  • 2010 yilda «Bino inshootlar va ularning yong‘inga bardoshliligi» darsligi;
  • 2017 yilda «Qurilishda yong‘in xavfsizligi» darsligi;.
  • «Ognestoykie stroitelnыe materialы s oligomernыmi antipirenami» monografiya.
  • Bugungi kunga kelib kafedra fanlari o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlangan.

KO‘RIK TANLOVLAR

Kafedra boshlig‘i podpolkovnik I.I.Siddiqov hammuallifligida «Bino inshootlar va ularning yong‘inga bardoshliligi» fanidan nashr etilgan darslik 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda «Iste’dod» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi» ko‘rik tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallagan.

2016/2017-o‘quv yili mobaynida Institut miqyosida o‘tkazilgan «Eng yaxshi ma’ruza o‘qituvchisi» ko‘rik tanlovida kafedra professori Sh.Atabaev 2-o‘rinni, «Eng yaxshi laboratoriya xonasi» ko‘rik tanlovida kafedraning 318-amaliy mashg‘ulotlar xonasi (mayor Q.Murtazaev) 3-o‘rinni egallagan.