Umumilmiy fanlar kafedrasi

UMUMILMIY FANLAR KAFEDRASI

F.N. Nurqulov – kafedra boshlig‘i,  t.f.d., katta leytenant

KAFEDRA YO‘NALISHI

Kafedraning maqsadi – umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan  holda kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Kafedraning vazifasi:

OLIY TA’LIM DOIRASIDA:

«Yong‘in xavfsizligi» va «Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlarda

  • axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish, global axborot resurslar, zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanishni bilish, internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari, uslublari va vositalarini ko‘llay bilish, kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga, global kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • tabiiy fanlarning o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari; tabiatga putur etkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirish;
  • ta’lim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarning ilmiy va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish;
  • matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan ixtisoslik fanlar o‘rtasida ilmiy va nazariy bog‘liqlikni ta’minlash;
  • ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirish;
  • modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash;
  • modda va materiallarning yong‘in xavfi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarini bilish;
  • qattiq modda va materiallar, gazlar, suyuqliklar va changlarning yonish va tarqalish sabablarini, yonishni to‘xtashining nazariy asoslarini farqlash;
  • ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilayotgan modda va materiallarning yong‘in xavfi ko‘rsatkichlarini aniqlay olish;

Davlat Yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari bo‘yicha tinglovchilarda

  • axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish;
  • global kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar bilan ishlash, jumladan, internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari, uslublari va vositalarini ko‘llay bilish,
  • yangi axborot tizimlaridan samarali foydalanish uchun zarur bilim, ko‘nikma va uquvlarni shakllantirishga zamin yaratish.

OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM DOIRASIDA:

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish.

ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI DOIRASIDA:

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, Yong‘in va texnosfera xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiya qilgan holda amaliyotga keng joriy etish, jumladan:

  • yong‘inlarning oldini olish, yong‘inlarning fizik-kimyoviy xossalariga oid ilmiy to‘plamlar, mahalliy va chet el ilmiy-tadqiqot yutuqlarini o‘rganish va kafedraning tegishli fanlarini o‘qitish jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
  • mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilim, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta’minlash;
  • ilmiy tadqiqotlar ishlari asosida soha bilan bog‘liq bo‘lgan tajribalar o‘tkazish hamda yangi ilmiy va amaliy natijalar olish, olingan natijalar asosida ilmiy maqola va tezislar yozish;
  • kafedra fanlari bo‘yicha ilmiy natijalarni yong‘in xavfsizligi sohasida mavjud muammolarni va yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi dolzarb masalalarni echimiga qaratilgan ilmiy izlanishlarda qo‘llash;
  • kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari va sohaning ilmiy yutuqlari bo‘yicha xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan konferensiyalarda, ilmiy jurnallarida ilmiy maqola va tezislar chop ettirish;
  • kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi ishini tashkil etish, kursant/tinglovchilarni fan yutuqlari, ilmiy ishlanmalar, maxsus va boshqa adabiyotlar bilan ishlashini, muammo va kamchiliklar ustida muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash;
  • tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanishlar olib borish;

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:

  • Kimyo;
  • Oliy matematika;
  • Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi;
  • Yong‘inning xavfli omillarini baholash;
  • Informatika va axborot texnologiyalar;
  • Axborot xavfsizligi asoslari;
  • Boshqaruvni tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
  • Fizika;
  • Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish.

KAFEDRA FAOLIYATI

TALIM

Umumilmiy fanlar kafedrasi Institutning tabiiy-ilmiy fanlarini o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan fanlardan oliy ta’lim doirasida «Yong‘in xavfsizligi» va «Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlar va Davlat Yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslarida tinglovchilar bilan ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi.

Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniladi.

ILM-FAN

Kafedrada xizmat faoliyati davomida ilmiy salohiyat va yuqori tajribaga ega bo‘lgan xodimlardan fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent I.J.Yo’ldashev va texnika fanlari doktori F.N.Nurqulovlar bugungi kunda samarali faoliyat yuritib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning «Kafedra fanlari bo‘yicha ilmiy natijalarni yong‘in xavfsizligi sohasida mavjud muammolarni echishda qo‘llash» nomli Bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedraning 3 nafar xodimlari, ya’ni, podpolkovnik D.R.Raupov «Nochiziqli muhitda issiqlik tarqalish jarayonlarini matematik modellashtirish» mavzusida, katta leytenant D.K.Nasriddinov «Oliy harbiy ta’limda fizika fani mazmunini   takomillashtirish» mavzusida hamda katta leytenant B.X.Tojiboevlar «Polimer materiallari yonishidan ajralgan zaharli gazlarni ekspress neytrallash metodlarini ishlab chiqish »  mavzularida ilmiy izlanishdar olib bormoqdalar. Kafedra katta o‘qituvchisi podpolkovnik D.R.Raupov, kafedra o‘qituvchisi  katta leytenant D.K.Nasriddinov hamda kafedra o‘qituvchisi katta leytenant B.X.Tojiboevlar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil izlanuvchilari hisoblanadilar.   

TURDOSH OLIY TA’LIM MUASSASALARI, TASHKILOT VA MUASSASALAR BILAN HAMKORLIK

Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh OTMlari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:

  • M.Ulugbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti «Ehtimollar nazariyasi» kafedrasi;
  • I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Oliy matematika», «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» va «Nazariy elektrotexnika va elektron texnologiyalar» kafedralari;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti «Analizning fizik kimyoviy metodlari» kafedrasi;

MALAKA OSHIRISH VA STAJIROVKA

Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish tizimli ravishda amalga oshiriladi, jumladan:

  • kafedra o‘qituvchisi katta leytenant D.K.Nasriddinov 2017 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirgan.
  • kafedra katta o‘qituvchisi podpolkovnik D.R.Raupov 2018 yilning noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirgan.
  • kafedra o‘qituvchisi kapitan F.M.Xojaev 2018 yilning noyabr-dekabr oylarida O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirgan.

KAFEDRA FAOLIYATINING NATIJALARI

NASHRLAR

Kafedrada olib borilayotgan uslubiy va ilmiy ishlarning natijalarini o‘quv jarayoni va amaliyotga tatbiq etish va fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadida IIV oliy ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlari uchun so‘nggi yillar davomida bir qancha uslubiy qo‘llanmalar va maruza matnlari tayyorlangan.