KAFEDRA YO‘NALISHI
Kafedraning maqsadi – umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda
uzluksizlikni inobatga olgan holda kursantlarda ixtisoslik fanlarini o‘rganish
va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
bo‘yicha bilimlarni, amaliy ko‘nikma va uquvlarni shakllantirish.
Kafedraning vazifasi:
OLIY TA’LIM DOIRASIDA:
«Yong‘in xavfsizligi» va «Texnosfera xavfsizligi» mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlarda
- gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosida ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar, davlat siyosatining dolzarb masalalari haqida tasavvur hosil qilish;
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo‘lish, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatida hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olish;
- yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olish, takomillashtirish va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish;
- o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z kasbiy, ma’naviy va ma’rifiy bilimini takomillashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- o‘zining shaxsiy dunyoqarashi orqali ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni tushunish va ularni tahlil qilish;
- shaxsning inson, jamiyat, atrof muhitga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi ma’naviy va axloqiy fazilatlardan kasbiy faoliyatida unumli foydalanish;
- milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslash va ifodalashni bilish, milliy g‘oyaga amal qiladigan keng dunyoqarashga ega bo‘lish;
- mustaqil ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- an’anaviy qadriyat kompetensiyalariga ega bo‘lish (madaniyat, ilm, ishlab chiqarish qadriyatlarni tushunish);
- tarixiy meros va madaniy an’analarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, ijtimoiy va madaniy farqlarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish, kelishmovchiliklar kelib chiqishining oldini olishni bilish, hamkorlikka tayyor turish kompetensiyalariga ega bo‘lish;
- nutq madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish, til me’yor talablariga amal qilish, so‘zlarni aniq talaffuz qilish va ifodalashni shakllantirishga zamin yaratish.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari bo‘yicha tinglovchilarda
- ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallash, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilish;
- ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
- yong‘in xavfsizligiga oid bo‘lgan profilaktik tadbirlarda nutq madaniyati talablariga amal qilish, so‘zlarni to‘g‘ri tanlash va undan to‘g‘ri foydalana olish;
- yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, el-yurtga sadoqat, halollik, adolat, jasorat tuyg‘ulari va ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik;
- xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashish, Vatanga sidqidildan xizmat qilish, fuqarolarga beg‘araz yordam berish, moddiy va ma’naviy boyliklarimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
- favqullodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi davlat siyosatining mazmuni va bugungi ahvoli, maqsadi va vazifalari, uni tashkiliy va huquqiy jihatdan ta’minlashning asoslari hamda ushbu sohadagi muammolar va ularning yechimiga doir kasbiy bilimlarni shakllantirish;
- jamoada va fuqarolar bilan muomala qilishda yuqori nutq madaniyati va mahorati hamda notiqlik san’ati bo‘yicha zarur darajadagi ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni tarbiyalash, o‘z ortidan ergashtira olish, kasbiy tayyorgarligini oshirib borish va jamoada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish;
- rahbarning notiqlik mahorati mohiyati, unga qo‘yiladigan talablar, notiqlik mahoratini rivojlantiruvchi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, notiqlik san’atining ijtimoiy-psixologik holatlarini o‘rganish va ulardan foydalanish haqida zarur kasbiy bilimlarni, notiqlik mahoratini egallash va jamoatchilik oldida so‘zga chiqish, nutq orqali atrofdagilarga ta’sir ko‘rsata olish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
- jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit va munosabat, xodimlar o‘rtasida keskin vaziyatlarning oldini olishning psixologik mexanizmlari, rahbar faoliyatining ijtimoiy-psixologik tahlili, bu boradagi mavjud muammolar va ularning yechimiga doir zarur kasbiy bilimlarni, boshqaruv faoliyatida psixologik bilimlar va usullardan foydalana olish, shaxsga psixologik ta’sir ko‘rsata olishga doir ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga shakllantirishga zamin yaratish.
OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI TA’LIM DOIRASIDA:
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga ilmiy va o‘quv-metodik yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Kafedra dotsenti podpolkovnik N.K.O’razbaev 2016 yildan M.Ulug’bek nomidagi Milliy universitetining mustaqil izlanuvchisi sifatida “O’zbekistonda yong’in хаvfsizligi tizimining shakllanishi vа rivojlanishi bosqichlari (ХХ-XXI asr boshlari) mavzuda 07.00.01 “O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yica” falsafa doktori (PhD) dararasini olish uchun dissertasiyasini yozib tugalladi.
ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI DOIRASIDA:
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, yong‘in va texnosfera xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiya qilgan holda amaliyotga keng joriy etish, jumladan:
- kafedraning yo‘nalishiga oid mavzular hamda mutaxassislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilim, amaliy o‘quv va ko‘nikmalarni ta’minlash;
- tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda fanlarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha izlanishlar olib borish;
- ilmiy tadqiqotlar ishlari asosida tajribalar o‘tkazish hamda yangi ilmiy va amaliy natijalar olish, olingan natijalar asosida ilmiy maqola va tezislar yozish;
- internet tarmog‘ida tegishli mavzuga oid eng yangi ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda izlash, topish va ulardan samarali foydalanish;
- kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari va ilmiy yutuqlari bo‘yicha xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan konferensiyalarda, ilmiy jurnallarda ilmiy maqola va tezislar chop etish;
- kafedra qoshida iqtidorli kursantlar ilmiy to‘garagi ishini tashkil etish, kursant va tinglovchilarni fan yutuqlari, ilmiy ishlanmalar, maxsus va boshqa adabiyotlar bilan ishlashini, muammo va kamchiliklar ustida muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
- O’zbekiston tarixi;
- Фalsafa;
- Ekstremal psixologiya;
- Iqtisodiyot nazariyasi;
- Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar;
- Boshqaruv psixologiyasi;
- Yongin xavfsizligining mantiqiy-tahliliy asoslari;
- Diniy ekstremizv va terrorizmga qarsyi kurashning ma’naviy-marifiy asoslari;
- Nutq madaniyati va mahorati, notiqliq sanati;
- Siyosatshunoslik. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nfzariyasi va amaliyoti;
- Birinchi tibbiy yordam;
- Dinshinoslik.
KAFEDRA FAOLIYATI
TA’LIM
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi Institutning gumanitar fanlarini o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan biriktirilgan fanlardan oliy ta’lim doirasida “Yong‘in xavfsizligi” va “Texnosfera xavfsizligi” mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlar va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslarida tinglovchilar bilan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib boriladi.
Mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilib kelinmoqda.
ILM-FAN
Kafedra boshligi o‘rinbosari tarix fanlari nomzodi D.F.Hashimova va kafedra professori, falsafa fanlari nomzodi, dotsent R.S.Reimbaevlar bugungi kunda samarali faoliyat yuritib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib borilishi va ilmiy ishlar natijalarining o‘quv jarayoniga keng joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraning “Ozbekiston Respublikasi FVV Akademiasi tashkil topish tarixi: tajriba va istiqboli» nomli bosh ilmiy mavzusi yuzasidan professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muntazam ravishda ilmiy maqola va boshqa ishlanmalarda o‘z aksini topib kelmoqda.
SAYYOR O‘QUV YIG‘INLARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi «Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2991-sonli Qarori asosida Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan yilda bir marta respublikaning har bir hududida natijalari yuzasidan test sinovlari qabul qilinadigan va tegishli sertifikatlar beriladigan ob’ekt rahbarlarining kompleks o‘quv-amaliy yig‘inlarini tashkil qilinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida Xorazm va Navoiy viloyatlarida tashkil etilgan o‘quv yig‘inlarida, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruqlari asosida Xorazm va Navoiy viloyatlari DYoXX yong‘inlar profilaktikasi va yong‘in o‘chirishni tashkil etish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan ofitserlar tarkibining kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlash maqsadida tasdiqlangan reja asosida test sinovlaridan o‘tkazilishida ham faol ishtirok etdilar.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari DYOXX bo‘linmalari shaxsiy tarkibi bilan tashkil etilgan sayyor amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va yong‘in profilaktik-tushuntirish tadbirlarni amalga oshirishda doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.
TURDOSH OLIY TA’LIM MUASSASALARI, TASHKILOT VA MUASSASALAR BILAN HAMKORLIK
Tajriba almashish va nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh Oliy ta’lim muassasalari va amaliy idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda:
- Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi;
- Toshkent Kimyo texnologiyalar instituti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qomitasining Bojxona instituti “Matematika va gumanitar fanlar” kafedrasi.
MALAKA OSHIRISH VA STAJIROVKA
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish tizimli ravishda amalga oshiriladi, jumladan:
kafedra boshlig‘i orinbosari podpolkovnik D.F.Hoshimova 2016 yilda O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirgan;
kafedra o‘qituvchisi mayor N.K.O‘razbaev 2017 yilda O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirgan.
KAFEDRA FAOLIYATINING NATIJALARI
NASHRLAR
Kafedrada olib borilayotgan uslubiy va ilmiy ishlarning natijalarini o‘quv jarayoni va amaliyotga tatbiq etish va fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadida IIV oliy ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlari uchun so‘nggi yillar davomida 6 ta o‘quv qo‘llanma va darsliklar, 1 ta ma’ruza matnlari to‘plami, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.
TANLOVLAR
Kafedra professor-o‘qituvchilari respublika va Institutda o‘tkaziladigan turli ko‘rik tanlovlar, ilmiy konferensiya va oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi fan olimpiadalarda munosib qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallaganlar. Jumladan, kafedra boshligi orinbosari, podpolkovnik D.F.Hoshimova 2016 yil 13 dekabr kuni M.V.Lomonosov nomidagi Davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarining yaxshi tezislari uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Kafedra katta o‘qituvchisi podpolkovnik B.A.Xаdjieva 2019 yil 28 avgustda Yongin xavfsizligi institutida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda faоl ishtirok etganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
O’zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan kadrlarni tayorlash, qayta tayyorlash vа ularning malakasini оshirish tizimini yanada takomillashtirish havda tajriba аlmashish oyonalishida o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida Mеmorandum imzolandi. Маzkur Меmorandumda belgilangan tadbirlarni amalga jshirish yuzasidan joriy yilning 19 аprel kuni Тоshkеnt Tibbiyot Akademiyasida “Тibbiyot yosh
olimlar nazarida: tashhislash vа davolashga innovatsion eondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyada faоl ishtirok etganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.