JISMONIY VA JANGOVAR
TAYYORGARLIK KAFEDRASI
Xasanov Odil Egamberdievich — kafedra boshlig‘i, podpolkovnik.
KAFEDRA YO‘NALISHI
Kafedraning maqsadi biriktirilgan fanlar bo‘yicha
o‘quv, tashkiliy-uslubiy, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish, shuningdek,
doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy tarkibni jismoniy chiniqtirish va jangovar shayligini
oshirishdan iborat.
Kafedraning vazifasi
OLIY TA’LIM DOIRASIDA:
«Yong‘in xavfsizligi» va «Texnosfera
xavfsizligi» mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlarda kasb faoliyatiga oid bilimlar,
ko‘nikmalar va uquvlarni shakllantirishga zamin yaratish, jumladan:
- kursantlarni ichki tartib va intizomga qatiy rioya qilishlariga erishishni
o‘rgatish;
- favqulotda vaziyatlarda harbiy–jangovar vazifalarni bajarishda harbiy saf,
xizmat va jangovar tayyorgarlig mashg‘ulotlari bo‘yicha kursantlarda tushunchalar
hosil qilish;
- kursantlarda tezkor vaziyatlarni baholash va to‘g‘ri qaror qabul qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish;
- jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish shuningdek, jangovar usullarni
qo‘llash va o‘zini – o‘zi himoya qilishda kursantalarda amaliy ko‘nikmalar
hosil qilish;
- jismoniy va jangovar shuningdek yong‘in-saf tayyorgarliklari bo‘yicha o‘rnatilgan
me’yorlarni kursantlar tomonidan bajarilishiga erishish;
- sport to‘garaklari ishini tashkil etish va ularda shaxsiy tarkibni muntazam
shug‘ullanishlarini ta’minlash;
- huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarga
kursantlar ishtirokini ta’minlash va ularda sog‘lom turmush tarzini yaratishga
erishish;
- kelgusi kasb faoliyatida vujudga keladigan kiyinchiliklarni yengib o‘tishda
kursantlarni ruxiy va jismoniy tarbiyalash va chiniqtirishni amalga oshirishga
erishish;
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kurslari bo‘yicha tinglovchilarda kasb faoliyatiga
oid bilimlar, ko‘nikmalar va o‘quvlarni shakllantirishga zamin yaratish:
- yetuk malakali rahbar kadr bo‘lib yetishishlari hamda ularning ekstremal
vaziyatlarda tez va aniq qaror qabul qilishlariga erishishga;
- tinchlik va urush vaqtida, favqulotda vaziyatlarda harbiy – jangovar vazifalarni
bajarish, huquqni muhofaza qilish idoralarining malakali kadrlarini tayyorlash
tizimida harbiy saf, xizmat va jangovar tayyorgarligining o‘rni va rolini bilishga;
- xizmat faoliyatida shaxsiy tarkibning ruxiy va jismoniy tomondan baquvvat
bo‘lishlari shuningdek, ularning kasb faoliyatida vujudga keladigan kiyinchiliklariga
bardosh bera olishlariga;
- kasbiy, ahloqiy tarbiyalashni amalga oshirish, ularni ichki tartib intizomga
qatiy rioya qilishlarini ta’minlash;
- qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni tarbiyalash, o‘z ortidan ergashtira olish,
kasbiy tayyorgarligini oshirib borish va jamoada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni
shakllantirish;
- kelajakdagi xizmatlari jarayonida sodir bo‘ladigan favquloddagi vaziyatlarda
harakatlanish tartibida ruhan va jismonan tayyor bo‘lishlariga erishish;
- tezkor vaziyatlarni baholay olish usullari, to‘g‘ri qaror qabul qilish,
qo‘l ostidagilarga to‘g‘ri vazifa qo‘yish;
- shaxsiy tarkibini yong‘in o‘chirish vaqtida harakat qilishlari uchun doimiy
shay holatni ta’minlashni bilish;
OLIY O‘QUV YURTIDAN KEYINGI
TA’LIM DOIRASIDA:
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlarni sifatli tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarini
olib borishda doktorant, mustaqil izlanuvchi va izlanuvchilarga o‘quv-metodik yordam
ko‘rsatish.
ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI
DOIRASIDA:
yong‘in va texnosfer xavfsizligi
bo‘yicha mutaxassislarni jismoniy va jangovar tayyorgarliklari samarasini oshirishda
ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish:
Kafedrada
o‘qitiladigan fanlar:
- Yong‘in-saf tayyorgarligi;
- Harbiy tayyorgarlik;
- Jismoniy madaniyat.
- Jangovar tayyorgarlik;
- Yong‘in-saf tayyorgarligini tashkil etish;
- Harbiy xizmat va maxsus-taktik tayyorgarlik;
- Jismoniy va jangovar tayyorgarlik.
KAFEDRA
FAOLIYATI
TA’LIM
Kafedra
umumkasbiy yo‘nalishdagi fanlarni o‘z ichiga olgan kafedra hisoblanib, biriktirilgan
fanlardan oliy ta’lim doirasida «Yong‘in xavfsizligi» va «Texnosfera xavfsizligi»
mutaxassisliklari bo‘yicha kursantlar, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar
kadrlarni tayyorlash oliy kurslarida tinglovchilar, kadrlar malakasini oshirish
va ularni qayta tayyorlash doirasida Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xodimlari
bilan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib boriladi.
Mashg‘ulotlarni
olib borishda zamonaviy o‘qitishning texnik vositalari va pedagogik texnologiyalardan
samarali foydalaniladi.
SAYYOR
O‘QUV YIG‘INLARI
Kafedra
professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 23 maydagi PQ-2991-son “Yong‘in xavfsizligi sohasidagi kadrlarni tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi va PQ-2992-son “Ichki ishlar organlari Yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 24 iyun kunidagi 113-son
“O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti professor-o‘qituvchilar
tarkibi tomonidan sayyor o‘quv-amaliy yig‘inlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i
talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon, Toshkent viloyati, Xorazm
viloyatlari IIB YoXBlarining barcha shaxsiy tarkibi bilan o‘tkaziladigan o‘quv amaliy
yig‘inlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda yong‘inga qarshi profilaktik-tushuntirish
tadbirlarini, shuningdek, respublika ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan
isloxatlarning mazmun moxiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish, mazkur yo‘nalishda
kutilayotgan o‘zgarishlar va olib borilayotgan ishlar yuzasidan viloyatlarda mashg‘ulotlar
o‘tkazib kelinishi rejalashtirilgan. Kafedra o‘qituvchilari ushbu reja talablarini
bajarish maqsadida Andijon va Toshkent viloyatlarida xizmat safarida bo‘lishdi.
TURDOSH OLIY TA’LIM
MUASSASALARI, TASHKILOT VA MUASSASALAR BILAN HAMKORLIK
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBBning
hamda Toshkent viloyati IIB YoXBning Xizmat va kasbiy tayyogarlikni tashkil etish
bo‘limlaridan kafedraning Yong‘in-saf tayyorgarligi fanidan ishlab chiqilgan Ishchi
o‘quv dasturlari, fan dasturlariga, darslik va uslubiy qo‘llanmaga tashqi taqrizlar
olinib, Qorovul Qo‘shinlari Bosh Boshqarmasiga qarashli harbiy qismi va IIV Respublika
ixtisoslashtirilgan otryadi bilan maskan mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinadi.
Tajriba almashish va nazariyaning
amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida quyidagi turdosh OTMlari va amaliy
idoralar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik shartnomalari
tuzilgan va samarali ishlar olib borilmoqda: O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBBning
“Xizmat va kasbiy tayyogarlikni tashkil etish bo‘limi”, O‘zbekiston Respublikasi
Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti “Qurol aslaha va o‘q otish” hamda “Umumharbiy
fanlar” kafedralari, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining “Yakka kurash
sport turlari” kafedralari o‘rtasida shartnomalar tuzilgan.
Malaka oshirish
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar
va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi doirasida kafedra
professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish tizimli ravishda amalga
oshiriladi, jumladan:
kafedra o‘qituvchisi Sh.D.Mirzaev
2017 yilda Toshkent Davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirgan.
KAFEDRA FAOLIYATI NATIJALARI
Nashrlar
Kafedrada olib borilayotgan uslubiy
va ilmiy ishlarning natijalarini o‘quv jarayoni va amaliyotga tatbiq etish va fanlar
bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarni muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadida
tinglovchi va kursantlar uchun so‘nggi yillar davomida 1 ta o‘quv qo‘llanma va darslik,
50 dan ortiq ilmiy-ommabop maqola, 10 dan ortiq uslubiy ko‘rsatma va 1 ta
ma’ruza matnlari to‘plami chop etilgan.
Kafedraning professor-o‘qituvchilariga
o‘zgaruvchan tarkib kursantlar bilan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram
tadbirida ko‘rgazmali namoyish chiqishlarida faol qatnashib, Sergeli tumanidagi
Moliya-iqtisodiyot kolleji raxbariyati tomonidan tashakkurnoma berildi.
Institutda 2017 yil 14 dekabr kuni
o‘tkazilgan “Yong‘in xavfsizligi muammolari, ularning yechimi va yong‘inga qarshi
muhofazani takomillashtirish” nomli respublika miqyosidagi ilmiy–amaliy anjumanda
kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan anjuman mavzusiga oid “Provedenie
spasatelnыx rabot”, “Yong‘in o‘chirishda shaxsiy tarkibni ruhiy tayyorlash uslubiyati”
nomli 2ta ilmiy-ommabop maqola hamda tezislari bilan ishtirok etdilar.
SPORT
Kafedrada xozirgi kunda mavjud
10 ta sport seksiyalari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bular: Yong‘in o‘chirish
amaliy sporti, yengil atletika, qo‘l jangi, sambo, ko‘pkurash, jangovar quroldan
o‘q otish sporti, futbol, voleybol, shaxmat va stol tennisi turlarini o‘z ichiga
oladi.
Sport seksiyalarida murabbiy-xodimlar
tomonidan jadval asosida shaxsiy tarkibga mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Kafedraning xodimlari tomonidan
Jismoniy madaniyat va Yong‘in-saf tayyorgarligi fanlari bo‘yicha “Yong‘in o‘chirish
amaliy sporti” federatsiyasi hamda O‘zbekiston “Dinamo” JTSJ bilan hamkorlik ishlari
o‘quv yili davomida olib boriladi. Hamkorlik doirasida Yong‘in o‘chirish amaliy
sporti federatsiyasi hodimlari bilan ko‘rgazmali chiqishlar uyushtiriladi, dars
mashg‘ulotlarida foydalanish uchun videofilmlar taqdim etiladi. O‘zbekiston “Dinamo”
JTSJ bilan sport musobaqalari kalendar rejalariga muvofiq, Jamiyat xodimlari bilan
sportni rivojlantirish yo‘nalishidagi turli xil yig‘ilishlarda ishtirok etadilar.
Doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy
tarkibni jismoniy tayyorgarlik ko‘rishlari uchun Institutda quyidagilar mavjud:
400 metrli yugurish yo‘lagi, 100 metrli yugurish yo‘lagi, 2 ta voleybol, 1 ta basketbol
va 1 ta futbol maydonlari, To‘siqlardan iborat ruhiy tayyorgarlik yo‘lakchasi, Sport
zal (yechinish va yuvinish xonasi bilan), Yong‘in o‘chirish amaliy sporti uchun
mo‘ljallangan to‘rt yo‘lakli o‘quv minorasi.
Yong‘in-saf tayyorgarligi fani
bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishda qo‘yidagi o‘qitishning texnik jihozlaridan foydalaniladi:
yong‘in o‘chirish jangovar kiyimlari, yong‘in o‘chirish avtomobili, yong‘in o‘chirish
qo‘l narvonlari, qutqaruv arqonlari, 100 metr to‘siqlardan iborat yo‘lakchasi (ikki
metrli devor, 12 metrli bum).
Jismoniy madaniyat fani bo‘yicha
dars mashg‘ulotlarida zamonaviy sport trenajyorlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Har
bir sport seksiyasi bo‘yicha biriktirilgan kafedra xodimlari ichki ishlar idoralari
xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarda faol ishtirok etib kelishmoqda.
Shuningdek, kafedra xodimlari tomonidan
sport to‘garaklari bo‘yicha Institut chempionatlari o‘tkazilib boriladi. Institut
kursantlari o‘rtasida “Shaxmat”, “Voleybol”, “Yengil atletika”, “Futbol” kabi musobaqalar
o‘tkaziladi. Sportning bir qancha turlaridan yaxshi natijalarga erishgan Institut
kursantlaridan kursant F.B.Bozorov, R.R.Shokirov, A.R.Baxronov, A.R.Beysenbaev va
A.A.Shirinovlar musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallab, Institut terma jamoasini
musobaqalarda yuqori o‘rinlarni egallashida o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
2017 yilning 18 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tashkil topgan
kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Ommaviy ravishda 10 kilometrga yugurish” musobaqasida
Institutning 4 nafar xodimlariga Mudofaa vazirligi tomonidan medallar topshirildi.
Institut terma jamoasi “Dinamo”
jismoniy tarbiya va sport jamiyatiga qarashli jismoniy tarbiya jamoalari o‘rtasida
har yili bo‘lib o‘tadigan spartakiada musobaqalarida uzluksiz ishtirok etib kelishmoqda
va yaxshi natijalarga erishmoqda.