AXBOROT-RESURS MARKAZI
Axborot-resurs markazi boshlig‘i podpolkovnik Anvarov Sherali
Qurbonalievich.
Axborot-resurs
markazining maqsadi an’anaviy kutubxona xizmatidan va axborot texnologiyalardan foydalangan
holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish,
kitobxonlarning ma’rifiy, ma’naviy, madaniy dunyoqarashini shakllantirish,
ularga milliy istiqlol g‘oyasi mazmunini singdirish, siyosiy, me’yoriy-huquqiy
madaniyat asoslarini tushuntirish va huquqiy ongini o‘stirish, ularning kasbiy
va xizmat malakasini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida
axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Axborot-resurs markazining vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, davlat arboblarining asarlari, ichki ishlar idoralari sohaviy xizmatlarining ilg‘or tajribalari va ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini targ‘ib qilishda kutubxona faoliyatining barcha shakl va usullarini qo‘llash;
- foydalanuvchilarni o‘quv, maxsus va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash maqsadida ularning kitobxonlik qiziqishlarni o‘rganish va ko‘rgazmalar tashkil etish;o‘quv xonasida yakka tartibda va guruhlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish metodlarini qo‘llangan holda, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
- o‘quv va badiiy adabiyotlar seksiyalari faoliyatini elektron katalog «ARMAT» dasturidan foydalangan holda yuritishni tashkillashtirish;
- elektron axborot resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshirish;
- ARM fondini yangi nashriyotlar bilan to‘ldirish, kutubxona fondini yangi nashr etilgan ixtisoslikka, qonunchilikka oid va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirib borish ishlarini amalga oshirish.
ARM FAOLIYATI
ARM xizmat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
hamda Institutning tegishli buyruq va ko‘rsatmalariga ko‘ra «Axborot-resurs
markazi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan amalga oshiradi.
ARMda o‘zaro lokal tarmoqqa birlashtirilgan zamonaviy kompyuterlar asosida
Elektron kutubxona tashkil etilgan. Elektron resurslardan foydalanishni
tashkillashtirish borasida «ARMAT» (Axborot-resurs markazining
avtomatlashtirilgan tizimi) dasturiy ta’minoti joriy etilib, undan samarali
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 8000 dan ortiq ta’lim sohasiga oid
elektron manba (darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ilmiy, doktorlik
dissertatsiyalari hamda badiiy adabiyot)lar bazasi jamlangan va foydalanish
uchun joriy qilingan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «»ZiyoNET»
ta’lim axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ARM elektron kutubxonasida «ZiyoNET»
ta’lim axborot tarmog‘idan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Institutda
tahsil olayotgan kursantlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga
poydevor bo‘lmoqda. ARMda O‘zbekiston Respublikasining 40 dan ortiq,
shuningdek, Yong‘in xavfsizligi sohasidagi turli xil davriy nashrlariga obuna
ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
ARMda Maxsus va
Yuridik kutubxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Yuridik kutubxonada
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda inson huquqlariga oid jami 2000 dan
ziyod kitob va davriy nashrlar yig‘ma jildlari mavjud.
HAMKORLIK
ARM IIV Akademiyasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan.
2016 yilda Institut tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda
«EBSCO» Xalqaro axborot-kutubxona tizimiga ulanish ishlari amalga oshirildi. Bu esa Institut xodimlari, tinglovchi va kursantlarining dunyoda olib borilayotgan
ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidagi yangiliklar hamda izlanishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar
bazasidan samarali foydalanishi va bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun xizmat
qilmoqda.
ISTIQBOLDAGI REJALAR
Kelgusida ARM tomonidan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston
Respublikasi Milliy Gvardiyasining Toshkent harbiy-texnika instituti ARMlari bilan
hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ishlari hamda foydalanuvchilarning badiiy kitoblarga
bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda respublikamizdagi nashriyotlar bilan
hamkorlikda «Kitoblar ko‘rgazmalari»ni tashkillashtirish ishlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan «Axborot-kutubxona sohasida
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda uslubiy yordam ko‘rsatish
bo‘yicha» kurslarga ARM xodimlarining malakasini oshirish uchun yuborish ishlari
amalga oshirilmoqda.