Xalqaro hamkorlik guruhi

XALQARO HAMKORLIK GURUHI

Sultonov Soxib Abdullaevich – Xalqaro hamkorlik guruhi katta inspektori.

GURUHNING FAOLIYAT YO‘NALISHI:

Institut Xalqaro hamkorlik guruhi xalqaro hamkorlik masalalarida Institut rahbariyatining vakili hamda xalqaro hamkorlik tadbirlari (uchrashuvlar, muzokaralar, konferensiyalar, marosimlar)da Institut delegatsiyasi kotibi hisoblanadi.

GURUHNING MAQSADI:

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq, xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, xorijiy ta’lim va madaniy markazlari, fondlari hamda chet el davlatlarining ta’lim, ilmiy va madaniy vakolatxonalari bilan hamkorlikda Yong‘in xavfsizligi institutining madaniy hayoti, ilmiy faoliyati va ta’lim jarayonini rivojlantirish ishlariga ko‘maklashish va ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish.

GURUHNING VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq, boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan institut vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish, rivojlantirish, takomillashtirish va muvofiqlashtirish.

Boshqa davlatlarning ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish.

Boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash.

GURUHNING FUNKSIYALARI:

  • Institutning xalqaro hamkorligini o‘rnatish, rivojlantirish, takomillashtirish va muvofiqlashtirish;
  • O‘zaro hamkorlik masalalariga doir xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
  • Xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tuzilgan ekspert guruhlarida ishtirok etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan huquqni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro shartnomalarning mazmun-mohiyatini institut shaxsiy tarkibiga yetkazish;
  • Institut delegatsiyasining xalqaro tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligiga takliflar tayyorlash;
  • O‘zaro hamkorlik doirasida Institut vakillari hamda delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga borishini tashkil etish, hujjatlarni rasmiylashtirish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Hamkorlik o‘rnatilgan xorijiy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish dasturlarida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish.

GURUH FAOLIYATI

Xalqaro hamkorlik guruhi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi PQ-2991-sonli “Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati ofitserlar tarkibini tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya va boshqa xorijiy davlatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatish va xorijiy olimlarni Institutning ilmiy-pedagogik faoliyatiga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.

Hozirgi kunga kelib guruh tomonidan 6 ta xorijiy davlatlarning 5ta oliy ta’lim muassasasi va 2 ta ilmiy – tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasidagi ishlar samarali davom ettirilmoqda.