QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH FAKULTETI
Umarov Abduaziz Abdusattarovich– fakultet boshlig‘i, polkovnik
Fakultetning maqsadi:
Qayta tayyorlash va malaka
oshirish doirasida:
- bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda sohadagi o‘zgarish
va yangiliklarni o‘z ichiga olgan malakaviy talablar, o‘quv reja va dasturlar asosida
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati (DYOXX) xodimlarining kasbiy mahoratini rivojlantirishga
ko‘maklashish uchun zarur bo‘lgan yangi bilim, ko‘nikma va mahoratlarni shakllantirish;
- ob’ektlar (o‘ta muhim davlat ahamiyatiga ega yoki yong‘in
va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar, ijtimoiy soha, tadbirkorlik sub’ektlari
hamda vazirlik va idoralar tasarrufidagi maskanlar) rahbarlari, mehnat muhofazasi
va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis-texnik xodimlarini yong‘in xavfsizligi
asoslariga o‘qitish orqali respublikadagi yong‘inga qarshi ahvolni barqarorlashtirish,
ishlab chiqarish va turmushda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida fuqarolarning
yong‘inga qarshi madaniyatini oshirish;
- Institut professor-o‘qituvchilarining kasbiy darajasi
va malakasi hamda pedagogik mahoratining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish va har tomonlama ko‘maklashish, zamonaviy talablarga muvofiq ularni muntazam
ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishning takomillashtirilgan tizimini
joriy etish asosida yuqori malakali pedagog-mutaxassislarni tayyorlash sifatini
tubdan oshirish;
DYOXX uchun rahbar kadrlarni
tayyorlash doirasida:
DYOXXda boshqaruv va xo‘jalik-moliyaviy faoliyatni tashkillashtirish
bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarni hamda yuqori intellektual va ma’naviy fazilatlarni
egallagan, shaxsiy tarkibni ijtimoiy-ruhiy jihatdan boshqarish va ular bilan ishlash
usullarini o‘zlashtirgan rahbar kadrlar zaxirasini yaratishdan iborat.
Fakultetning vazifalari:
Qayta tayyorlash va malaka
oshirish doirasida:
- DYOXX xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ob’ektlar (o‘ta muhim davlat ahamiyatiga ega yoki yong‘in
va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar, ijtimoiy soha, tadbirkorlik sub’ektlari
hamda vazirlik va idoralar tasarrufidagi maskanlar) rahbarlari, mehnat muhofazasi
va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis-texnik xodimlarini tegishli o‘quv dasturlari
bo‘yicha yong‘in xavfsizligi asoslariga shartnoma asosida o‘qitish ishlarini tashkillashtirish;
- Fakultetda amalga oshiriladigan o‘quv-tarbiya jarayoni
va amaliyotning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi IIV Yоng‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi
bilan har tomonlama doimiy hamkorlik qilish;
- ob’ektlar (o‘ta muhim davlat ahamiyatiga ega yoki yong‘in
va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar, ijtimoiy soha, tadbirkorlik sub’yektlari
hamda vazirlik va idoralar tasarrufidagi maskanlar) rahbar va mehnat muhofazasi
(xavfsizlik texnikasi) bo‘yicha muhandis-texnik xodimlarini yong‘in xavfsizligi
asoslariga o‘qitish ishlarini tashkillashtirish masalalari yuzasidan mazkur tashkilotlar
yoxud ularning yuqori turuvchi organlari bilan hamkorlik qilish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish masalalari bilan
bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv yig‘inlarida
ishtirok etishi lozim bo‘lgan DYOXX xodimlarining prognoz qilinayotgan kontingentini
belgilash ishlarida ishtirok etish;
- DYOXX xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha xorijiy
tajribani va ta’lim muassasalarining e’tirof etilgan yutuqlarini joriy qilish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv yig‘inlarida
mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalarining etakchi pedagog kadrlarini
va amaliy organlarning etakchi mutaxassislarini keng jalb etishni ta’minlash;
- reja asosida Institut professor-o‘qituvchilar tarkibini
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Bosh ilmiy metodik markazi va tayanch
oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirishlarini tashkillashtirish;
- Institut professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish natijalarining ichki monitoringini olib borish,
yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish
mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti to‘g‘risida
Nizom bilan belgilangan boshqa vazifalar.
Rahbar kadrlarni tayyorlash
oliy kurslari doirasida:
DYOXX uchun rahbar kadrlarni tayyorlash Oliy kurslar
faoliyatini tashkillashtirish;
DYOXX uchun rahbar kadrlarni tayyorlash Oliy kurslar
tinglovchilari kasbiy faoliyatining doimiy monitoringini tashkil etish;
Sayyor o‘quv yig‘inlari
doirasida:
- tasdiqlangan reja-jadval asosida respublikaning har
bir ma’muriy hududlarida joylashgan ob’ektlar (o‘ta muhim davlat ahamiyatiga ega
yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar, yirik ijtimoiy soha ob’ektlari
va tadbirkorlik sub’ektlari hamda vazirlik va idoralar tasarrufidagi maskanlar)
rahbarlarini yong‘in xavfsizligi asoslari bo‘yicha o‘qitish uchun kompleks o‘quv-amaliy
yig‘inlari tashkil etish (natijasi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilib, belgilangan
namunadagi sertifikatlar beriladigan);
- tasdiqlangan reja-jadval asosida DYOXXning ofitserlik
lavozimlarida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkibi bilan test sinovlarini qabul qilish
va natijalarining tahlili asosida Institutning o‘quv jarayoni, shuningdek, faoliyat
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, yo‘riqnoma va dasturlarni yanada takomillashtirish
va o‘quv jarayoniga tatbiq etish ishlarini tashkillashtirish;
- tasdiqlangan reja-jadval asosida tegishli o‘quv dasturlari
bo‘yicha DYOXXning hududiy/mahalliy organlari shaxsiy tarkibi bilan amaliy mashg‘ulotlar
hamda aholi, tashkilotlar, aholi ommaviy bo‘ladigan maskanlar, ijtimoiy soha ob’ektlari
va ta’lim muassasalarida yong‘inga qarshi profilaktik-tushuntirish tadbirlarini
o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish.
Fakultet faoliyati va
natijalari
Qayta tayyorlash va malaka oshirish
tizimida:
1) Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan taqsimot asosida 2018/2019 - o‘quv yili mobaynida Fakultetda DYOXX xodimlarini qayta tayyorlash bo‘yicha 1 ta o‘quv yig‘in o‘tkazilib, DYOXXning 29 nafar xodimlari qayta tayyorgarlikdan o‘tdilar.
O‘quv yig‘inlari 1 ta o‘quv-tayyorgarlik toifalari doirasida
20 ta ixtisoslik fanlarini o‘z ichiga olgan 144 soatlik maxsus o‘quv dasturi asosida
tashkil etildi.
2) Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan taqsimot asosida 2018/2019 - o‘quv yili mobaynida Fakultetda DYOXX xodimlarini malaka oshirish bo‘yicha 5 ta o‘quv yig‘in o‘tkazilib, DYOXXning 250 nafar xodimlari malakalarini oshirdilar.
O‘quv yig‘inlari 20 ta ixtisoslik fanlarini o‘z ichiga
olgan 96 soatlik maxsus o‘quv dasturi asosida tashkil etildi.
Izoh. 1. Qayta tayyorlash – xodimning
egallagan lavozimidan boshqa lavozimga tayinlanishi zarurati tufayli yoki o‘z xususiyatlariga
ko‘ra, xizmat talablaridan kelib chiqqan holda yangi faoliyat yo‘nalishlariga jalb
qilish holatlari yuzaga kelishi munosabati bilan amalga oshirish.
- Malaka oshirish – ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlar
tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan kvalifikatsiya (malaka) talablari asosida
ichki ishlar organlari va bo‘linmalarining xodimlari va harbiy xizmatchilarining
kasbiy bilimi va mahoratlari darajasini xizmat talablariga mos ravishda yangilab
borish.
- O‘quv yig‘inlari – belgilangan muddat davriyligida o‘quv
reja va dasturi asosida DYOXX xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
jarayoni.
3) 2017/2018 o‘quv yili mobaynida Fakultetda 23 ta vazirlik/idoralarning jami 339 nafar ob’ektlar (o‘ta muhim davlat ahamiyatiga ega yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar, ijtimoiy soha, tadbirkorlik sub’ektlari hamda vazirlik va idoralar tasarrufidagi maskanlar) rahbarlari, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis-texnik xodimlari 60 soatlik maxsus o‘quv dasturlari bo‘yicha yong‘in xavfsizligi asoslariga o‘qitilib, ularga tegishli sertifikatlar taqdim etildi.
DYOXX uchun rahbar kadrlar
tayyorlash oliy kurslari tizimida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23
maydagi «Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori
bilan 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi
instituti Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti tarkibida oliy ta’lim bazasida
o‘qish muddati bir yillik Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarini tayyorlash
Oliy kurslari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan tuman
(shahar)lar va ob’ektlar yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i lavozimlari
qat’iy ravishda Institutning Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati rahbar kadrlarini
tayyorlash Oliy kurslarini tamomlagan ofitser xodimlar bilan jamlanishi belgilab
qo‘yildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 29 noyabrdagi «Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning
xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Qarori bilan hududiy va tuman/shahar ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining
rahbarlik lavozimlari ustunlik asosida Rahbar kadrlar tayyorlash oliy kurslarini
tamomlagan xodimlar bilan jamlanishi belgilab qo‘yildi.
Oliy kurslarda o‘quv jarayoni 2017/2018-o‘quv yilidan
boshlangan.
Oliy kurslarda o‘quv jarayoni Davlat yong‘in xavfsizligi
xizmati rahbar kadrlarini tayyorlash Oliy kurslariga qabul va o‘qish tartibi to‘g‘risida
Nizom, «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti Rahbar kadrlarni tayyorlash oliy kursiga
«Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatida boshqaruvni tashkillashtirish» yo‘nalishi
bo‘yicha qo‘yiladigan Davlat talablari»ga oid Davlat standarti va boshqa me’yoriy
hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
2018/2019 o‘quv yili Oliy kurslar tinglovchilarining
bitiruv tadbiri Institut o‘quv jarayoni grafigiga asosan 2019 yil iyun oyiga rejalashtirilgan.
Institut professor-o‘qituvchilarining
malakasini oshirish tizimida:
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bosh ilmiy metodik markazi bilan
doimiy ravishda uzviy aloqada bo‘lib, har yili Institut kafedralari professor-o‘qituvchilarining
OvaO‘MTV Bosh ilmiy metodik markazi va oliy o‘quv yurtlari huzuridagi pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarida
malaka oshirish ishlarini tashkillashtiradi va uning ijrosi yuzasidan nazorat olib
boradi.
2018 yil mobaynida Institutning 14 nafar professor-o‘qituvchilari tegishli malaka oshirish kurslarida malaka oshirib, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganlar va ularga malaka attestatlari berilgan.
Sayyor o‘quv yig‘inlari
doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23
maydagi «Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga
muvofiq aholi, tadbirkorlar, davlat organlarining yong‘inlarning oldini olish va
ularni bartaraf etish borasidagi ko‘nikma va malakalarini tizimli ravishda takomillashtirib
borish maqsadida 2017 yil iyul oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in
xavfsizligi instituti professor-o‘qituvchilari tarkibi tomonidan joylarda sayyor
o‘quv-amaliy yig‘inlarni o‘tkazish amaliyoti joriy qilindi. Sayyor o‘quv-amaliy
yig‘inlar quyidagilarni ko‘zda tutadi:
Institutda o‘quv jarayonlarini hamda o‘quv adabiyotlari,
yo‘riqnoma va qo‘llanmalarni yanada takomillashtirish maqsadida yong‘inlar profilaktikasini
tashkil qilish va o‘chirish yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
shaxsiy tarkibi bilan test sinovlarining va amaliy ko‘nikma mashqlarining o‘tkazilishini;
respublikadagi yong‘inga qarshi holatni barqarorlashtirish,
ishlab chiqarish va turmushda yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarning
yong‘inga qarshi madaniyatini oshirish maqsadida respublikaning har bir hududida
natijalari yuzasidan test sinovlari qabul qilinadigan va tegishli sertifikatlar
beriladigan ob’ekt rahbarlarining kompleks o‘quv-amaliy yig‘inlarini tashkil qilishni;
yong‘inlar profilaktikasining ilg‘or shakl va usullarini
joriy etish, yong‘in o‘chirishga jalb qilinadigan kuch va vositalarni boshqarish
hamda ulardan samarali foydalanish, yong‘in nazorati va yong‘inlarni o‘chirish sohasiga
zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
joriy etish maqsadida Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining barcha shaxsiy tarkibi
bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni.
2017-2018 yil mobaynida sayyor o‘quv yig‘inlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda tashkillashtirildi.
Yig‘inlar doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda jami 3318 nafar rahbarlar qatnashib, test
sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganliklari uchun 2617 tasiga 1 yil muddatga beriladigan tegishli namunadagi sertifikatlar
taqdim etilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar
va barcha viloyatlar DYOXX garnizonining
1833 nafar ofitser xodimlaridan test
sinovlari qabul qilinib, amaliy ko‘nikma mashqlari o‘tkazilgan.
2018-2019 yil
mobaynida sayyor o‘quv yig‘ini Toshkent viloyatida tashkillashtirildi.
Yig‘in doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda jami 188 nafar
rahbarlar qatnashib, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganliklari uchun 162
tasiga 1 yil muddatga beriladigan tegishli namunadagi sertifikatlar taqdim
etilgan.
HAMKORLIK
Tajriba almashish, nazariyaning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash va pedagog kadrlarning malakasini oshirish maqsadida amaliy organlar, boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalari hamda OvaO‘MTVning oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi IIV YOXBB;
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi OvaO‘MTVning BIMM va tayanch
oliy o‘quv yurtlari rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malaka
oshirish markazlari.