O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti Moliya va moddiy-ta’minot xizmati
Sobiq Ittifoq
Vazirlar kengashining 1977 yil 15 iyundagi 654-sonli Qarori asosida, ichki ishlar
vazirligi Oliy Yong‘indan saqlash texnika
muhandislari maktabining Toshkent shahridagi
fa’kulteti tashkil etilishi bilan, ushbu fa’kultetning boshqa tarkibiy tuzilmalari
bilan birgalikda Moddiy-texnika ta’minoti bo‘limi ham tashkil etilgan edi. O‘z faoliyatini
1978 yildan boshlagan bo‘lim dastlab fa’kultet, keyinchalik, 1993 yildan maktab
doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy tarkibi uchun transport, kommunal, oziq-ovqat ta’minoti,
xizmat kiyim-kechaklari va boshqa turdagi tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlash
vazifasini bajarib keldi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 aprel kunidagi 5005-sonli Farmoniga asosan,
maktab Institut maqomiga ega bo‘lganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi PQ-2991-sonli
Qarori asosida xizmat Moliya va moddiy-texnika ta’minoti bo‘limi sifatida qayta
tashkil etildi.
Bo‘limga turli
yillarda polkovniklar I.Mamadaliev, A.Tursunxo‘jaev, A.Abdullaev, I.Murodovlar rahbarlik
qilganlar. Xozirgi kunda, xizmatga polkovnik Toxtamuradov Dilshod Midxatovich rahbarlik
qilib kelmoqda.
Moliya va moddiy-texnika ta’minoti
xizmati tarkibiga kuyidagi bo‘lim va xizmatlar kiradi:
Moliya-iqtisod bo‘limi, bo‘lim boshlig‘i
podpolkovnik Sharipov Farxod Xalilovich;
Oziq-ovqat ta’minoti bo‘limi, bo‘lim
boshlig‘i podpolkovnik Abdulaxatov A’zam O‘rinbosarovich;
Qurilish va kommunal foydalanish
bo‘limi, bo‘lim boshlig‘i mayor Rajabov To‘lqin Jumanazarovich;
Ta’minot va maishiy xizmat bo‘limi,
bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Pardaev Ruziqul Qarshiboevich.
Yuqoridagi bo‘lim va xizmatlarning
asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat: pul mablag‘lari, moddiy boyliklar bilan
ta’minlash, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni qabul qilish, olib kelish, saqlash,
sarf etish, shaxsiy tarkibni sifatli oziq-ovqat bilan o‘z vaqtida ta’minlash, moddiy
boyliklarni belgilangan me’yorlar asosida har bir shaxsiy tarkibga yetkazilishi,
shaxsiy tarkibni maishiy, moddiy-ma’naviy extiyojlarini qondirish va sog‘ligini
saqlashga doir barcha zaruriy sharoitlarni yaratish, texnik vositalar va boshqa
turdagi moddiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanish, saqlash, ta’mirlashni amalga oshirish,
bino va inshootlar, kommunal tarmoqlardan va kommunal xizmatlardan to‘g‘ri foydalanish,
kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.
Xizmatning soxaviy bo‘linmalari
tomonidan, institut shaxsiy tarkibini uzluksiz ravishda barcha turdagi maxsulotlarga
bo‘lgan ta’minotini amalga oshirish, mahsulotlarni xarid qilish, tashish, saqlash,
tarqatish, xisobotlarni yuritish, bino va inshootlarga texnik xizmat ko‘rsatish,
ekspluatatsiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, transport
xizmati ko‘rsatish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Institut doimiy va o‘zgaruvchan
shaxsiy tarkibi ta’lim olishi, xizmat olib borishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish,
ta’lim jarayonini xozirgi zamon talabiga mos ravishda amalga oshirish va tashkillashtirish
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 23 maydagi «Yong‘in xavfsizligi sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2991-sonli Qarori qabul qilindi.
Qarorda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni hal etish bo‘yicha, 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong‘in xavfsizligi
instituti ta’lim-tarbiya faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustaxkamlash chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlangan.
Bu yillar davomida institutda ta’lim
olayotgan kursant va tinglovchilarni ma’nan barkamol, jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash,
ularni yashashi va o‘qishi uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratish borasida keng
qamrovli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish zarur bo‘ladi. Jumladan, Institut
moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, o‘quv-laboratoriya kompleksi binosi, sport
zal inshootini qurish, yangitdan qurilayotgan bino va inshootlarni zaruriy mebel
va inventarlari, sport anjomlari, laboratoriya jixozlari, zamon talablariga to‘la
javob beradigan axborot-texnologiyalari, multimediya va o‘quv metodik qo‘llanmalari
bilan ta’minlash. Shuningdek, Dasturda institut xududida maxsus vositalar saqlash
ombori qurish, o‘quv yong‘in o‘chirish poligoni tashkil etish va kelgusida poligoning
bino va inshootlarini qurish ishlari xam nazarda tutilgan. Institut kursantlari
uchun zamon talablariga mos ravishda yashash sharoitlarini yaratish maqsadida 3
ta mavjud binolarni rekonstruksiya qilib kengaytirish va ushbu binolarda qo‘shimcha
ravishda kursantlarni joylashtirish va mavjud 3 ta binolarni kapital ta’mirlash
tadbirlari rejalashtirilgan.
Dasturda, institut tasarrufidagi
uzoq yillardan buyon ekspluatatsiya qilib kelinayotgan transport vositalari va yong‘in
o‘chirish texnikalarini ham bosqichma-bosqich yangilab borish tadbirlari nazarda
tutilgan. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun umumiy tarzda
4 mlrd 440 mln. so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Kelgusida Qarorda nazarda tutilgan
kompleks choralarda belgilab o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirilishi, institutda
ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish, institut faoliyatida
qo‘shimcha yo‘nalishlar tashkil etish, ta’lim jarayoniga qo‘shimcha ravishda yuqori
texnologiyalarni joriy etilishi, sport bilan shug‘ullanish uchun zaruriy sharoitlarni
yaratilishi, zamonaviy yong‘in o‘chirish texnikalari bazasida ta’lim olishlari,
shuningdek, institut moddiy-texnika bazasini
har tomonlama mustaxkamlash, jumladan: yangi bino va inshootlar qurish, institut
tasarrufidagi transport vositalar parkini yangilash, bino va inshootlarni rekonstruksiya
qilish va kapital ta’mirlash uchun keng imkoniyatlar
yaratadi.