XALQARO HAMKORLIK GURUHI
Sultonov Soxib Abdullaevich – Xalqaro hamkorlik
guruhi katta inspektori.
GURUHNING FAOLIYAT YO‘NALISHI:
Institut Xalqaro hamkorlik guruhi xalqaro hamkorlik masalalarida Institut rahbariyatining
vakili hamda xalqaro hamkorlik tadbirlari (uchrashuvlar, muzokaralar, konferensiyalar,
marosimlar)da Institut delegatsiyasi kotibi hisoblanadi.
GURUHNING MAQSADI:
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq,
xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, xorijiy ta’lim va madaniy
markazlari, fondlari hamda chet el davlatlarining ta’lim, ilmiy va madaniy vakolatxonalari
bilan hamkorlikda Yong‘in xavfsizligi institutining madaniy hayoti, ilmiy faoliyati
va ta’lim jarayonini rivojlantirish ishlariga ko‘maklashish va ushbu yo‘nalishdagi
faoliyatni muvofiqlashtirish.
GURUHNING VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq,
boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, xorijiy ta’lim muassasalari
va ilmiy tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan institut vakolatiga
taalluqli masalalar bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish, rivojlantirish, takomillashtirish
va muvofiqlashtirish.
Boshqa davlatlarning ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro shartnomalarning loyihalarini
tayyorlash, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish.
Boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ta’lim muassasalari
hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni axborot-tahliliy
jihatdan ta’minlash.
GURUHNING FUNKSIYALARI:
- Institutning xalqaro hamkorligini o‘rnatish, rivojlantirish,
takomillashtirish va muvofiqlashtirish;
- O‘zaro hamkorlik masalalariga doir xalqaro shartnomalar
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
- Xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tuzilgan ekspert guruhlarida ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan huquqni
muhofaza qilish sohasidagi xalqaro shartnomalarning mazmun-mohiyatini institut
shaxsiy tarkibiga yetkazish;
- Institut delegatsiyasining xalqaro tadbirlarda ishtirok
etishini tashkil etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligiga takliflar tayyorlash;
- O‘zaro hamkorlik doirasida Institut vakillari hamda
delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga borishini tashkil etish, hujjatlarni
rasmiylashtirish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
- Hamkorlik o‘rnatilgan xorijiy ta’lim muassasalari
hamda xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish
dasturlarida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish.
GURUH FAOLIYATI
Xalqaro hamkorlik guruhi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 23 maydagi PQ-2991-sonli “Yong‘in xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash,
qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati ofitserlar tarkibini
tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi,
Koreya Respublikasi, Yaponiya va boshqa xorijiy davlatlarning turdosh oliy ta’lim
muassasalari bilan hamkorlikni o‘rnatish va xorijiy olimlarni Institutning ilmiy-pedagogik
faoliyatiga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.
Hozirgi kunga kelib guruh tomonidan 6 ta xorijiy davlatlarning 5ta oliy ta’lim
muassasasi va 2 ta ilmiy – tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini
o‘rnatish borasidagi ishlar samarali davom ettirilmoqda.