Yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar markazi

YONG‘IN XAVFSIZLIGI MASALALARI BO‘YICHA FUNDAMENTAL VA AMALIY TADQIQOTLAR MARKAZI

Shuhrat Ergashevich Kurbanbaev –Markaz boshlig‘i, texnika fanlari doktori podpolkovnik.

MARKAZ YO‘NALISHI

Markazning maqsadi yong‘in xavfsizligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish, sohaga innovatsion g‘oyalar va zamonaviy texnologiyalarni olib kirish va ilmiy faoliyat natijalarini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va shu orqali respublikada yong‘in xavfsizligini ta’minlashning samaradorligini oshirishga, yong‘inlarni oldini olish hamda yong‘inlarni tez va samarali bartaraf etishga xissa qo‘shish.

MARKAZNING VAZIFALARI:

·                     Respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash va uning oldini olish hamda sodir bo‘lgan yong‘inlarni tez va samarali bartaraf etish yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish;

·                     Ilmiy-tadqiqotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida yong‘in va texnosfera xavfsizligi yo‘nalishlarida yagona ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil qilish hamda uni takomillashtirish;

·                     Yong‘in xavfsizligi sohasiga oid yo‘nalishlarda oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda ishtirok etish.

MARKAZNING FUNKSIYALARI:

ILMIY-TADQIQOTLARNI OLIB BORISH VA 

TAKOMILLASHTIRISH SOHASIDA:

·                     respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash va uning oldini olishda mavjud muammolar, ularning echimi va yong‘inga qarshi muhofazani takomillashtirish yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlar loyihalarini amalga oshirish;

·                     tegishli vazirlik, idoralar va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari bilan zamon talablariga javob beradigan yangi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini shakllantirish va hamkorlikdagi tadqiqot ishlarini tashkil qilish;

·                     yong‘in va texnosfera xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalarini amalga oshirish orqali yong‘in xavfsizligi sohasida import ulushini kamaytirish va eksport salohiyatini oshirishga hissa qo‘shish;

·                     mahalliy xom ashyolar asosida yangi turdagi yong‘in-texnik ishlanmalar, materiallar va yangi konstruktorlik ishlanmalar namunalarini yaratish, takomillashtirish va ularni joriy qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishni amalga oshirish;

·                     mahalliy xom ashyolar asosida yong‘inga xavfsiz qurilish materiallarini yaratish, yong‘in o‘chirishning yangi uslub va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish hamda joriy qilish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;

·                     yong‘in xavfsizligi sohasiga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish;

·                     boshqa tashkilot va ta’lim muassasalaridan kelib tushadigan buyurtmalar asosida faoliyatga mos yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tekshirish va tadqiqot ishlarini tashkil qilish va o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;

·                     vazirliklar, davlat idoralari, korxona va tashkilotlarga tegishli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari va yong‘in xavfsizligi sohasida texnik reglamentlar, Davlat standartlari, me’yorlari, qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etish.

·                     O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yong‘in xavfsizligini sifatli ta’minlashga va raqobatbardosh mahalliy yong‘in-texnik mahsulotlarni yaratishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy-tadqiqotlar va izlanishlar olib borish;

·                     yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘inlarni o‘chirishning zamonaviy vosita va uslublarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish;

·                     yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy vosita va uslublarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni amalga oshirish va tadqiqot natijalarini joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

·                     Markazda ishlab chiqilgan yangi va takomillashtirilgan yong‘in-texnik mahsulotlar sinovlarini o‘tkazish;

·                     modda va materiallar yong‘in-texnik ko‘rsatkichlarini tekshirish va baholashning tezkor, ko‘chma va qulay qurilmalari va usullarini yaratish ishlarini amalga oshirish;

·                     ixtirolar va ilmiy-texnik ishlanmalar asosida yangi yong‘in-texnik mahsulotlarning tajriba-sanoat namunalarini yaratish, sinovlarini o‘tkazish hamda yong‘in xavfsizligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ishlarini amalga oshirish;

·                     yong‘inlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar, ularning tahlillari asosida yong‘inlarning kelib chiqish sabablarini, yong‘inlarni kamaytirish va rivojlanish va oqibatlarini tadqiq qilish ishlarini amalga oshirish;

·                     Markazda qurilish materiallarining asosiy yong‘in-texnik xossalarini tadqiq qilish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazish;

·                     ilm-fanning zamonaviy yutuqlari hamda Markaz ilmiy-tadqiqot natijalari asosida darsliklar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy va ommabop ilmiy ishlarni tayyorlash, chop etish va ularni joriy etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

OLIY MALAKALI ILMIY KADRLAR TAYYORLASH SOHASIDA:

·                     yong‘in xavfsizligi yo‘nalishida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash ishlarini zamonaviy talablar asosida sifatli tashkil qilish maqsadida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar qoshidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari etakchi olim va mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

·                     O‘zbekiston Respublikasining Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga asosan Markaz xodimlarining tayanch doktorantura, doktorantura tizimida yoki mustaqil izlanuvchilar sifatidagi falsafa doktori yoki fan doktori ilmiy daraja olishlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini reja asosida tashkillashtirish;

·                     ilmiy izlanishlar samaradorligi va ilmiy-texnik potensialni oshirish orqali hamda ilmiy izlanishlar natijalarini Institutning o‘quv jarayonlarida qo‘llash orqali oliy malakali mutaxassislar tayyorlashning sifatini yanada oshirishni amalga oshirish;

·                     Markazda yosh o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va iqtidorli kursantlarning ilmiy izlanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

·                     Tajriba almashish maqsadida Markazning katta ilmiy xodim va ilmiy xodimlar tarkibini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tayanch oliy ta’lim muassasalarida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik ta’minlash markazida stajirovkalarini tashkil etish.

MARKAZ FAOLIYATI

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

Markaz bugungi kunda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning samaradorligi oshirish va yong‘inlarning oldini olish hamda sodir bo‘lgan yong‘inlarni tez va samarali bartaraf etish yo‘nalishlarida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirib kelmoqda. Markazdakatta ilmiy xodim, kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori, kapitan J.SH. Nurmuxammadov, katta ilmiy xodim, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori katta serjant I.R.Bekpulatov, leytenant SH.SH.Xolov, leytenant X.O.Tangriev va leytenant S.A.Fozilmatovlar tomonidan «Mahalliy xom ashyolar asosida yong‘inga xavfsiz, samarali teploizolyasion qoplamalar ishlab chiqish», «Yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlarini takomillashtirish hamda samarador dasturiy ishlanmlarini yaratish», «Polimer asosli va boshqa turdagi yong‘inga xavfsiz materiallar tarkiblarini ishlab chiqish, xossalarini o‘rganish, yong‘in xavfsizligi xossalarini ekpress aniqlash metodikalarini yaratish», «Yog‘och va sellyuloza tarkibli qurilish materiallarining yong‘in xavfsizligi xossalarini o‘rganish va tadqiq etish» va «Yuqori dispersli, nanoo‘lchamli, kukunsimon tarkiblar va ularning kompozitsiyalari asosida samarador yangi tarkibli o‘t o‘chiruvchi vositalarni yaratish», «Nano o‘lchamli metall silitsid plenkalar hosil qilish va ularning fizik xususiyatlarini tadqiq qilish», «p-i-n asosida termosezgir strukturalar hosil qilish», «Mahalliy xom ashyolar asosida yong‘in xavfsizligi sohasida qo‘llaniluvchi yangi tarkibli olovbardosh kimyoviy maxsulotlar va kompozitsion materiallar olish hamda ularni amaliyotga joriy etish»yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Ilmiy izlanishlar natijalari asosidagi maqola va tezislar doimiy ravishda ilmiy jurnallar va konferensiyalar to‘plamlarida chop etib kelinmoqda. Markaz xodimlari  tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari doimiy ravishda mahalliy hamda nufuzli xalqaro bazalar Web of Sciences, Scopus kabi ilmiy ma’lumot bazalariga kirgan nufuzli jurnallarda ham chop etilib borilmoqda. Bugungi kunda Markazda amalga oshirilib kelinayotgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida 300 dan ortiq maqola va tezislar, 8 ta monografiya yozilgan va ixtirolar uchun 27 ta Respublika va xalqaro toifadagi patentlar olingan.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI NATIJALARINING AMALIYOTGA JORIY

QILINISHI

Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi me’yoriy aktlar loyihalari, o‘quv-metodik materiallar, uslubiy tavsiyalar, yong‘in xavfsizligi qoidalari, qurilish me’yoriy qoidalari va shaharsozlik norma qoidalari shaklida o‘z aksini topgan.

Bugungi kunda Markaz asoschisi, yirik olim-ixtirochi, fizika-matematika fanlari nomzodi iste’fodagi polkovnik Mirjalil Hamitovich Usmonovning «issiqlik oqimini kamaytirish» ilmiy g‘oyasi va u asosida yaratilgan yuqori haroratdan himoyalovchi «Sogda» ekranlari butun dunyoda mashhur. M.H.Usmonovning ushbu ixtirosi uchun O‘zbekistonda va xalqaro patent tizimi asosida jahonning 18 ta rivojlangan mamlakatlari, jumladan, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Fransiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Avstraliya va h.k. patentlar olingan. Mazkur ixtiro 2015 yilda Butunjahon Intellektual mulk tashkilotining (Shveysariya, Jeneva sh.) oltin medali bilan taqdirlangan.

OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM

Markazning katta ilmiy xodimi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)kapitan Nurmuxammadov Jaloliddin SHermuxammad o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining tajribali olimlari- kimyo fanlari nomzodi, professor v.b. H.S.Tojimuhamedov va kimyo fanlari doktori, professor A.K.Tashmuhamedovalar ilmiy rahbarligida mazkur universitetning kimyo fakultetida mustaqil tadqiqotchi sifatida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda, shuningdek leytenant Tangriev Xurshid Orifjonovich ham falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida mustaqil tadqiqotchi sifatida o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

OLIY TA’LIM MUASSASALARI, TASHKILOT VA MUASSASALAR BILAN HAMKORLIK

Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy ta’lim muassasalarning etakchi olimlari, IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qiladi, jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
  • Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti;
  • Toshkent Kimyo-texnologiya instituti;
  • Toshkent To‘qimachilik va engil sanoat instituti;
  • «Fan va taraqqiyot» Davlat unitar korxonasi.

MARKAZ LABORATORIYASI

Markazda ilmiy izlanishlarni tashkil qilish va amaliy tajribalarni amalga oshirish, modda va materiallarningasosiy yong‘in-texnik tasniflarini o‘rganish va tajriba sinovlarini olib borish uchun maxsus laboratoriya tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu laboratoriyadadavlat standartlari talablaridagiquyidagi qurilmalar mavjud:

1.    ГОСТ 12.1.044-89 standartiga muvofiq «Tutun hosil qilish koeffitsientini aniqlash» qurilmasi. Mazkur qurilma modda va materiallarning yonish jarayonida hosil bo‘ladigan gaz va tutunlarning ajralib chiqish miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan.

2.    ГОСТ 28157-89 standartiga muvofiq «Alanganing tarqalish tezligini aniqlash» bo‘yicha qurilma. Mazkur qurilma modda va materiallarda alanganing tarqalish tezligini aniqlash uchun mo‘ljallangan.

3.    ГОСТ 12176-89 standartiga muvofiq «Kabel, sim va shnurlarda alanganing tarqalmaslik xossasini aniqlash bo‘yicha qurilma». Mazkur qurilma respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va qurilish sohasida keng qo‘llanilayotgan kabel, sim va shnurlarda alangani tarqalmaslik xossasini eksperimental aniqlash uchun mo‘ljallangan.

4.    ГОСТ 12.1.044-89 standartiga muvofiq qurilish materiallari yonuvchanligini aniqlash uchun «Trubkali pech ISO» qurilmasi. Mazkur qurilma yonmaydigan materiallar guruhini eksperimental aniqlashga mo‘ljallangan.

5.    ГОСТ 12.1.044-89 standartiga muvofiq qurilish materiallari yonuvchanligini aniqlash uchun «Keramik quvur» qurilmasi. Mazkur qurilma qiyin yonuvchan va yonuvchan qattiq modda va materiallarning yonuvchanlik guruhini aniqlashga mo‘ljallangan.